Samarqand davlat veterinariya meditsinası, chorvachilik va biotexnologiyalar universiteti Nukus filialida 8 mart –Xalqaro Xotin-qizlar kuni munosabati bilan o‘tkazilgan bayram tadbiri shodlik va xushkayfiyatda o‘tdi. Bayram dasturi filialning erkak xodimlari tomonidan o‘zgacha tarzda tayyorlandi va barcha ishtirokchilar uchun unutilmas lahzalarni taqdim etdi. Bayramning asosiy maqsadi go‘zal va latofatli xotin-qizlarimizni e'zozlash, ularga hurmat va minnatdorchilik bildirish edi.Tadbirni filial direktori A.Esimbetov ochib, barcha ayol va qizlarni samimiy tabriklab, ularga baxt, tinchlik va farovonlik tiladi. Direktor, shuningdek, xotin-qizlarning jamiyatdagi o‘rni va ahamiyatini yuqori baholab, ularning mehnatini e'tirof etdi. Uning samimiy tilaklari bayramga quvonch bag‘ishlab, tadbirni yuqori kayfiyatda boshlashga yordam berdi.
Bayram dasturi davomida, Filial Kasaba uyushmasi qo‘mitasining tashabbusi bilan o‘tkazilgan voleybol sport musobaqasida g‘olib bo‘lgan jamoa a'zolari taqdirlandi va ularga diplomlar hamda esdalik sovg‘alari topshirildi. Musobaqa ishtirokchilari o‘zlarining jismoniy tayyorgarliklari va jamoaviy ruhlarini namoyish etishdi, bu esa bayramga yanada rang-baranglik kiritdi.
Tadbirning musiqiy dasturida esa O‘zbekiston va Qoraqalpog‘istonda xizmat ko‘rsatgan artist Maxset O‘temuratov va estradamizning yorqin yulduzi Timur Dosjanov tomonidan ijro etilgan qo‘shiqlar, yig‘ilganlarga haqiqiy bayram muhitini yaratdi. Ularning energiyaga to‘la va sho‘x ijrosidagi qo‘shiqlari ishtirokchilarga o‘zgacha kayfiyat bag‘ishladi. Ularning ta'sirli ijrosi, albatta, tadbirning yodda qoladigan eng yorqin lahzalaridan biri bo‘ldi.
Shuningdek, tadbir davomida qiziqarli viktorina o‘tkazildi. Viktorina davomida ishtirokchilar o‘z bilimlarini sinab ko‘rishdi, bu esa bayramga yanada qo‘shimcha shodlik va xushkayfiyat kiritdi. Hamma ishtirokchilar faol ishtirok etib, sovg‘alarga ega bo‘lishdi. Viktorina yoshlar orasida musobaqa ruhini kuchaytirib, ular o‘rtasida samimiy raqobatni yuzaga keltirdi.
Tadbir yakunida barcha ishtirokchilarni birlashgan bayram ruhida raqsga tushish uchun taklif etildi. Filial xodimlari birgalikda raqsga tushib, bayramni yanada jonli va quvnoq tarzda nishonlashdi. Shunday qilib, 8 mart – Xalqaro Xotin-qizlar kuni bayrami Nukus filialida haqiqiy bayram muhitida o‘tkazildi, unda har bir ishtirokchi o‘zini baxtli va xursand his etdi.
8 mart – Xalqaro Xotin-qizlar kuni tadbiri, shubhasiz, barcha ishtirokchilarga unutilmas lahzalar taqdim etdi. Filialning erkak xodimlari tomonidan tayyorlangan bayram dasturi, xotin-qizlarimizga nisbatan hurmat va e'tiborning eng yaxshi ifodasi bo‘ldi. Bu kabi tadbirlar, nafaqat ayol va qizlarimizning bayramini nishonlash, balki ularning jamiyatdagi o‘rni va roli haqida hurmat va e'tibor bildirishda muhim ahamiyatga ega.