“Deputat va yoshlar” mavzusida uchrashuv o‘tkazildi
Samarqand davlat veterinariya meditsinasi, chorvachilik va biotexnologiyalar universiteti Nukus filialida O‘zbekiston Xalq demokratik partiyasi (XDP) Qoraqalpog‘iston Respublikasi Kengashi tomonidan “Deputat va yoshlar” mavzusida muhim uchrashuv o‘tkazildi. Tadbirda O‘zbekiston XDP Qoraqalpog‘iston Respublikasi Kengashi boshlig‘i o‘rinbosari M.Esengeldiyev, Xalq deputatlari Chimboy tumani Kengashining deputati X.Abdijaliev, O‘zbekiston Xalq demokratik partiyasi Qoraqalpog‘iston Respublikasi Kengashi bo‘lim boshlig‘i G.Dalibaeva hamda filialning faol talaba-yoshlari ishtirok etishdi.
Uchrashuvning asosiy maqsadi yoshlarni siyosiy jarayonlarga jalb qilish va ularning jamiyatdagi o‘rni, ijtimoiy faolliklarini oshirishdan iborat edi. Deputat X.Abdijaliev o‘z nutqida yoshlarning jamiyatda o‘z o‘rnini topishi va har bir insonning yurt taraqqiyotiga qo‘shgan hissasi muhimligini ta'kidladi. Shuningdek, O‘zbekiston XDP Qoraqalpog‘iston Respublikasi Kengashi [hide][/hide]boshlig‘i o‘rinbosari M.Esengeldiyev yoshlarning siyosiy faoliyatga bo‘lgan qiziqishini yanada oshirish, ularni kelajakda siyosatda muvaffaqiyatga erishish uchun tayyorlash zarurligini qayd etdi.
Tadbir davomida, yoshlarning siyosiy faolligini qo‘llab-quvvatlash maqsadida, filialning faol talaba-yoshlariga O‘zbekiston Xalq demokratik partiyasi safiga yangidan qabul qilinganligini tasdiqlovchi partiyaning a'zolik guvohnomalari tantanali ravishda topshirildi. Bu guvohnomalar yoshlarning siyosiy jarayonlarda ishtirok etishi va partiya faoliyatida faol qatnashish imkoniyatlarini yaratadi.
Shuningdek, uchrashuvda yoshlarning bilimini, ijtimoiy va siyosiy faolligini oshirish, ular uchun yanada kengroq imkoniyatlar yaratish masalalari muhokama qilindi. Deputatlar va partiya rahbarlari, yoshlarni mustaqil fikrlashga, o‘zgarishlarni amalga oshirishda faol ishtirok etishga undashdi. Uchrashuv yoshlar uchun o‘z fikrlarini erkin ifodalash, o‘zgarishlar jarayonida ishtirok etish uchun yangi imkoniyatlar yaratishga chaqiruvchi muhim tadbir bo‘ldi.
Bu kabi uchrashuvlar, yoshlarni siyosiy va ijtimoiy jarayonlarga jalb qilishda, ularni jamoatchilik ishlarida faol ishtirok etishga rag‘batlantirishda o‘zining muhim rolini o‘ynaydi. Uchrashuv yakunida yoshlar o‘zlarining yangi siyosiy bilimlariga ega bo‘lib, yurt taraqqiyotidagi o‘rinlari haqida yanada chuqurroq tushunchaga ega bo‘ldilar.
скачать dle 12.1