Ijara uylaridagi sharoitlarni yaxshilash orqali talabalarning ta'limdagi samaradorligini oshirish
Samarqand davlat veterinariya meditsinasi, chorvachilik va biotexnologiyalar universiteti Nukus filiali rahbariyati ijara uylarda istiqomat qilayotgan talabalarning yashash sharoitlarini o‘rganish maqsadida ular bilan muloqot o‘tkazdi. Filial direktori A.Esimbetov ijara uylariga tashrif buyurib, talabalar bilan suhbatlashdi, ularning yashash sharoitlari, kundalik hayoti va ta'limga bo‘lgan munosabatini bilishga harakat qildi.
— Agar talaba tinch va farovon muhitda yashasa, biz ham xotirjam bo‘lamiz. Shuningdek, u o‘zini ishonchli va kuchli his qiladi, bu esa o‘qishga bo‘lgan e'tiborini va ishtiyoqini oshiradi. Bunday sharoitda talaba ta'limga to‘liq e'tibor qarata oladi, yuqori natijalarga erishishga intiladi. Yashash muhiti talabaning motivatsiyasini shakllantirishda muhim ahamiyatga ega. Shuning uchun biz talabalarga barqaror, qulay va samarali muhit yaratishga alohida e'tibor qaratamiz, bu ularning akademik muvaffaqiyatlarini yanada yuqori darajaga ko‘tarishga yordam beradi — deydi filial direktori A.Esimbetov.
Hozirda filialda 293 talaba 158 ijara uylarda istiqomat qiladi. Ushbu talabalardan 191 nafari o‘g‘il bolalar, 102 nafari esa qizlardir. Filial rahbariyati talabalarning ta'lim olishlari uchun har tomonlama qulay va zarur shart-sharoitlarni yaratishga qaratilgan ishlarni davom ettirmoqda.
Bu tadbirlar talabalarning ijara uylaridagi sharoitlarni yaxshilash, ularga qulaylik va farovonlik olishga qaratilgani bilan ahamiyatli. Talabalarning yaxshilangan shart-sharoitlarda o‘qishi, ularning barqaror rivojlanishini va bilim olishga bo‘lgan motivasiyasini yuqori darajaga ko‘tarishga yordam beradi.
скачать dle 12.1