"Zooinjeneriya" kafedrasida Zoom platformasi orqali online ma'ruza o‘tkazildi
Samarqand davlat veterinariya meditsinasi, chorvachilik va biotexnologiyalar universiteti Nukus filiali "Zooinjeneriya" kafedrasi bitiruvchi kurs talabalariga Qozog‘iston milliy agrar tadqiqot universiteti "Zooinjeneriya va biotexnologiya" kafedrasi professori, shuningdek, Qozog‘iston Respublikasi Fanlar akademiyasi akademigi Buralxiev Batirxan Azimxanovich tomonidan «Chorvachilikda biotexnologiyaning zamonaviy usullari» mavzusida online ma'ruza o‘tkazildi.
Mazkur ma'ruza talabalarga chorvachilik sohasida biotexnologiyaning yangi va innovatsion usullari, ularning amaliyotga tatbiqi va ilmiy tadqiqotlar asosida qanday rivojlanayotganligi haqida muhim ma'lumotlar taqdim etdi. Online formatda tashkil etilgan tadbir, talabalar uchun xorijiy tajribalardan o‘rganish va ilmiy faoliyatda yangiliklarga qiziqishlarini oshirish imkoniyatini yaratdi.
Kafedra mudiri X. Mamotov o‘zining fikrlarini quyidagicha izhor etdi:
"Bitiruvchi kurs talabalariga o‘tgan ushbu online ma'ruza juda foydali bo‘ldi. Zamonaviy biotexnologiyalarni o‘rganish, ularni amaliyotda qo‘llash imkoniyatini yaratish har bir talaba uchun muhim ahamiyatga ega. Professorning tajribasini talabalarga ulashganidan juda mamnunmiz. Kafedramiz bundan keyin ham bunday ilmiy va amaliy tadbirlarni tashkil etishni davom ettiradi. Shuningdek, ushbu ma'ruza online shaklda bo‘lishiga qaramasdan, talabalar bilan ilmiy hamkorlikni mustahkamlash va ular uchun foydali bilimlar taqdim etishda katta rol o‘ynadi.
скачать dle 12.1