Respublika ilmiy-amaliy konferensiyasiga taklif etamiz
Samarqand davlat veterinariya meditsinasi, chorvachilik va biotexnologiyalar universiteti Nukus filiali "Zooinjeneriya" kafedrasi
Respublika ilmiy-amaliy konferensiyasiga taklif!
Hurmatli ilm-fan ixlosmandlari va mutaxassislar!
Sizni 2025-yil 28-mart kuni Samarqand davlat veterinariya meditsinasi, chorvachilik va biotexnologiyalar universiteti Nukus filiali "Zooinjeneriya" kafedrasida bo‘lib o‘tadigan "Chorvachilik va yaylov xo‘jaligini rivojlantirish: muammo va yechimlar" mavzusidagi Respublika ilmiy-amaliy konferensiyasiga taklif etamiz.
Konferensiyaning asosiy yo‘nalishlari quyidagilarni o‘z ichiga oladi:
1.Chorvachilik sohasi va uning tarmoqlarini yanada rivojlantirishda ilmiy tadqiqot ishlarini amaliyotga tadbiq etishning samaradorligi.
2.Yaylovlardan samarali foydalanish va chorvachilikda ozuqa bazasini yaratishdagi dolzarb vazifalar.
3.Chorvachilikni rivojlantirishda veterinariyaning ilmiy tadqiqotlaridan foydalanish.
TEZISLARNI RASMIYLASHTIRISHGA QO‘YILADIGAN TALABLAR:
Tezis materiallari 3 betdan kam, 8 betdan ko‘p bo‘lmagan A4 formatda qoraqalpoq, o‘zbek, rus va ingliz tillaridan birida Word (doc, docx) formatida, Times New Roman shriftida, 14 o‘lchamda, 1,5 intervalda rasmiylashtirilishi kerak.
Qog‘ozning tepasidan 2,0 sm, pastdan 2 sm, chapdan 3 sm, o‘ngdan 1,15 sm, abzatslardan 1 sm bo‘lishi talab etiladi.
Bir muallifdan 1 tezis, hammualliflikda 2 tezis qabul qilinadi.
Tezislarda jadvallar, rasmlar va grafiklar bo‘linmasligi kerak.
Iqtiboslar (tsitatalar) to‘rtburchak qavs ichida [1,7] ko‘rsatilgan raqamlar bilan beriladi va manba adabiyotlar alfavit tartibida yoziladi.
Tezislarni yozish tartibi:
MAQOLA NOMI
Mualliflarning F.I.Sh.
Muassasa(lar)ning nomi
Elektron pochta
Tezis matni
Foydalanilgan adabiyotlar
Mualliflar tezislarning mazmuni va taqdim etilgan ma’lumotlar, shuningdek statistik ma’lumotlarning ishonchliligi uchun javobgar.
Badal puli va ro‘yxatga olish:
Konferensiyada ishtirok etish uchun har bir tezis uchun 100,000 so‘m miqdorida badal puli to‘lanishi zarur. Badal puli to‘lanmagan tezislar va belgilangan muddatdan keyin yuborilgan materiallar chop etilmaydi. Badal puli to‘lanib, kvitansiya skaneri tashkiliy qo‘mitaga yuborilishi lozim.
MUROJAT UCHUN MANZIL:
Qoraqalpog‘iston Respublikasi, Nukus shahri, A. Utepov ko‘chasi, 31-uy, SamDVMChBU Nukus filiali, bosh binosi.
E-mail: axmeturimbetov23@gmail.com
Ma’sul shaxslar: A. Urimbetov, tel.: +998 91 372 71 59
Batafsil ma'lumot olish va konferensiya anjumani haqidagi axborot bilan tanishish uchun, iltimos, ushbu faylni yuklab oling.
Axborot xizmati
скачать dle 12.1