Prezident va nomdor davlat stipendiya sohiblariga guvohnomalar topshirildi
Barchangizga ma'lumki, 2024-2025-o‘quv yili uchun oliy o‘quv yurtlarining bakalavriat bosqichining 83 talabasining O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti stipendiyasi va nomdor davlat stipendiyalariga loyiq deb topilib, ular orasida Samarqand davlat veterinariya meditsinasi, chorvachilik va biotexnologiyalar universiteti Nukus filialining 5 nafar talabasi davlat stipendiyalari tanlovining g‘oliblari bo‘lishgan edi. Yaqinda, ular uchun Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirining imzosi va muhri tushirilgan guvohnomalar yetib keldi va joriy yilning 1-mart kuni filialning ilmiy kengashida o‘z egalariga tantanali ravishda topshirildi.
Tadbirda filial direktori A.Esimbetov tomonidan g‘olib talabalar tabriklanib, ularga o‘zining samimiy va iliq fikrlarini bildirdi. Shuningdek, direktor bu muvaffaqiyatni faqat talabalar yutug‘i deb emas, balki filialning ilmiy salohiyati va o‘qituvchilari bilan hamkorlikning natijasi sifatida ko‘rsatdi. Uningta’kidlashicha, davlat stipendiyasi nafaqat talabalar uchun katta e’tirof va rag‘bat bo‘lib, balki ularni kelgusida yanada yuqori natijalarga erishish uchun ilhomlantiradi.
Bilimdon talaba-yoshlarimizning bu muvaffaqiyatlari o‘z bilimlari, izlanishlari va mehnatlari natijasidir. Kelgusida, ularning o‘quv faoliyatlari yanada samarali davom etishi va filialning ilmiy salohiyatini oshirishga hissa qo‘shishi kutilmoqda. Ushbu mukofotlar talabalar uchun o‘zlarini sinovdan o‘tkazish imkoniyatini yaratish bilan birga, ularning kelajakdagi ilmiy va kasbiy faoliyatlariga muhim ta’sir ko‘rsatadi.
скачать dle 12.1