Bugun, 28-fevral kuni Samarqand davlat veterinariya meditsinasi, chorvachilik va biotexnologiyalar universiteti Nukus filialida boshlang‘ich kasaba uyushmasining hisobot-saylov yig‘ilishi o‘tkazildi. Yig‘ilishda O‘zbekiston kasaba uyushmalari Federatsiyasidan Qoraqalpog‘iston Respublikasiga biriktirilgan vakil B.Sultanov, O‘zbekiston Agrosanoat kompleksi xodimlari kasaba uyushmasi Respublika kengashining Qoraqalpog‘iston Respublikasi bo‘yicha mas’ul tashkilotchisi E.Seytnazarov, O‘zbekiston kasaba uyushmalari Federatsiyasining Qoraqalpog‘iston kengashi tashkiliy ishlar bo‘limi mudiri G.Ilmuradova hamda filial professor-o‘qituvchilari va barcha xodimlar ishtirok etdilar. Yig‘ilishni filial direktori A.Esimbetov ochib berdi. U o‘z nutqida kasaba uyushmasining xodimlar hayotidagi ahamiyatiga e’tibor qaratdi va yig‘ilishning samarali o‘tishi uchun barcha ishtirokchilarga muvaffaqiyatlar tiladi. A.Esimbetov kasaba uyushmasining faoliyati, xodimlarning huquqlarini himoya qilish va ijtimoiy himoya masalalari muhim o‘rin tutishini ta’kidladi.
Yig‘ilishda filial Kasaba uyushmasi qo‘mitasi boshlig‘i G.Kazaxbaevaning 2020-2024 yillardagi faoliyati bo‘yicha hisoboti taqdim etildi.
Hisobotda xodimlarning ijtimoiy-iqtisodiy manfaatlarini himoya qilish, mehnat sohasidagi huquqlarni ta’minlash, sog‘lomlashtirish va bandlikni yaxshilash borasidagi ishlar haqida batafsil ma’lumot berildi. Yig‘ilishda kasaba uyushmasining kelgusi faoliyati haqida ham so‘z yuritildi. Xodimlarning huquqlarini himoya qilish, mehnatni muhofaza qilish, sog‘lomlashtirish va bandlikni ta’minlash bo‘yicha rejalashtirilgan ishlar haqida fikrlar bildirildi. Ishtirokchilar kasaba uyushmasining samarali faoliyat ko‘rsatishi, xodimlarning mehnat sharoitlarini yaxshilash uchun takliflar bildirdi.
Saylov jarayonida filial Kasaba uyushmasi qo‘mitasi boshlig‘i lavozimiga 3 nafar nomzoddan G.Kazaxbaeva saylandi. Saylov ochiq ovoz berish yo‘li bilan o‘tkazildi va ishtirokchilar tomonidan qo‘llab-quvvatlandi. G.Kazaxbaeva o‘zining kasaba uyushmasi faoliyatini yanada rivojlantirishga, xodimlarning ijtimoiy himoyasini ta’minlashga, sog‘lomlashtirish va mehnat sharoitlarini yaxshilashga qaratilgan yangi tashabbuslarni amalga oshirishga tayyor ekanligini ma’lum qildi.
Yig‘ilishda, shuningdek, kasaba uyushmasi tashkiloti komissiyasi a’zolari ham saylandi. Yig‘ilish yakunida barcha ishtirokchilar kasaba uyushmasining rolini kuchaytirish va xodimlarning huquqlarini ta’minlash uchun birgalikda ishlashga tayyorligini bildirdi.
Boshlang‘ich kasaba uyushmasining hisobot-saylov yig‘ilishi xodimlar manfaatlarini himoya qilish va ularning mehnat sharoitlarini yaxshilash borasida samarali tashabbuslar bilan davom ettirildi. Yig‘ilishda ko‘tarilgan masalalar, kasaba uyushmasining keyingi faoliyati uchun muhim yo‘nalishlar belgilab olindi.