Yosh chorvador to‘garagining ilmiy izlanishlarga va amaliyotga jalb qilishdagi ahamiyati
«Zooinjeneriya» kafedrasida yosh chorvador to‘garagi faoliyati o‘zining muntazam ravishda olib borilgan dars mashg‘ulotlari bilan ahamiyatga molik. To‘garakning navbatdagi dars mashg‘uloti qishloq xo‘jaligi fanlari doktori (DSc) A.Urimbetov tomonidan olib borildi. Ushbu mashg‘ulot «Qoraqalpoq sur qorako‘l qo‘ylari mahsuldorligini oshirishning ilmiy asoslari va seleksiya usullari» mavzusida bo‘lib, talabalar uchun muhim ilmiy-amaliy tushunchalarni o‘rgatishga qaratildi.
Tadbir boshida ilmiy ishlar va innovatsiyalar bo‘yicha direktor o‘rinbosari Sh.Avezimbetov va kafedra mudiri X.Mamatovlar so‘zga chiqib, to‘garak faoliyati va uning ahamiyati haqida gapirib o‘tdi. Ular talabalarning o‘z sohalariga bo‘lgan qiziqishini uyg‘otish va ixtisoslashgan fanlardagi bilimlarini mustahkamlashda bunday to‘garaklarning o‘rni beqiyos ekanligini ta'kidlashdi. Ushbu to‘garak, talabalarga nazariy va amaliy bilimlarni birlashtirishga, shuningdek, ishlab chiqarish jarayonlariga zamonaviy yondashuvlar va innovasiyalarni joriy etishga yordam beradi.
Kafedra o‘qituvchisi A.Toreshova o‘z fikrlarida shunday dedi: «Ushbu to‘garaklarning ahamiyati shundaki, ular talabalarga ilmiy va amaliy bilimlarni birlashtirish imkonini beradi, shunga ko‘ra, ularning mutaxassislik sohasidagi malakasi va salohiyati mustahkamlanadi. To‘garaklardagi mashg‘ulotlar, ularni hayotdagi amaliyotga qo‘llash va o‘z ishiga samarali yondashish uchun muhim ko‘nikmalarni shakllantiradi. Shu bilan birga, ularni yangicha fikrlashga va ilmiy tadqiqotlar olib borishga ruhlantiradi, bu esa kelajakdagi agronom, zootexnik va chorvador mutaxassislarini tayyorlashga katta hissa qo‘shadi».
Shuningdek, yosh chorvador to‘garaklarining faoliyati talabalarning yangicha fikrlashini, amaliyotga oid savollarga munosabatini shakllantiradi, shu bilan birga ularga salohiyatli, samarali va innovasion yondashuvlarni ishlab chiqishda yordam beradi.
Mazkur tadbirning ahamiyati shundaki, u talabalarga na faqat nazariy bilimlar, balki amaliyotda qo‘llash uchun muhim bo‘lgan usullar va takliflarni berishga ham yo‘naltirilgan. Bu, o‘z navbatida, talabalarning mutaxassislik sohasida yuqori malakali kadrlar bo‘lib yetishishini ta'minlashga xizmat qiladi.
Shu tariqa, «Zooinjeneriya» kafedrasi yosh chorvador to‘garaklari o‘z faoliyatini muvaffaqiyatli olib borishda, talabalarning ilmiy va amaliyot tajribasini oshirishda muhim rol o‘ynamoqda.
скачать dle 12.1