Qonunining mazmun mohiyatini tushuntirish haqida
Samarqand davlat veterinariya meditsinasi, chorvachilik va biotexnologiyalar universiteti Nukus filialida ishchi xodimlari o‘rtasida o‘tkazilgan Oʻzbekiston Respublikasining “Maʼmuriy islohotlar doirasida taʼlim sohasida davlat boshqaruvi takomillashtirilishi munosabati bilan Oʻzbekiston Respublikasining ayrim qonun hujjatlariga oʻzgartirish va qoʻshimchalar kiritish toʻgʻrisida” Qonunining mazmun mohiyatini tushuntirish haqida
2025-yil 19-fevral kuni Samarqand davlat veterinariya meditsinasi, chorvachilik va biotexnologiyalar universiteti Nukus filialining faollar zaqlida professor-o’qituvchilar va ishchi xodimlar bilan Oʻzbekiston Respublikasining 2024-yil 7-sentyabrdagi “Maʼmuriy islohotlar doirasida taʼlim sohasida davlat boshqaruvi takomillashtirilishi munosabati bilan Oʻzbekiston Respublikasining ayrim qonun hujjatlariga oʻzgartirish va qoʻshimchalar kiritish toʻgʻrisida” gi Qonunining mazmun - mohiyatini tushuntirish ishlarini olib borish maqsadida uchrashuv tashkil qilindi. O’tkazilgan tadbirni Yoshlar masalalari va ma’naviy-ma’rifiy ishlar bo’yicha direktorning birinchi o’rinbosari X.Abdijaliev ochib berdi va u o’z so’zini “Taʼlim toʻgʻrisida”gi Oʻzbekiston Respublikasi Qonuniga oʻrta maxsus, professional, oliy taʼlimni hamda oliy taʼlimdan keyingi taʼlimni amalga oshiruvchi davlat va nodavlat taʼlim tashkilotlarini tashqi baholashning yangi tizimi joriy etilishini, kadrlarning malakasini oshirish hamda ularni qayta tayyorlashni, shuningdek nodavlat taʼlim xizmatlarini koʻrsatish sohasidagi faoliyatni litsenziyalash boʻyicha vakolatlar Oʻzbekiston Respublikasi Oliy taʼlim, fan va innovatsiyalar vazirligi hamda Maktabgacha va maktab taʼlimi vazirligi oʻrtasida taqsimlanishini nazarda tutuvchi oʻzgartirishlar kiritilmoqda ekanligi haqida aytib o’tdi.
So’ng so’zga Yoshlar bilan ishlash, ma’naviyat va ma’rifat bo‘limi boshlig’I B.Paluaniyazov chiqib, hozirgi kunda davlatimiz tomonidan ayrim qonun hujjatlariga oʻzgartirish va qoʻshimchalar kiritish toʻgʻrisidagi qonunining mazmun - mohiyatini tushuntirish ishlarini olib borish kerakligi haqida va keng jamoatchilikga targ’ib qilish kerakligi haqidaham aytib o’tdi.
Tadbir davomida filialimiz Yuriskonsul’ti N.Kannazarova va Ishlar bosqarmasi boshlig’i v.v.b. N.Babanazarovlar bugungi kunda mazkur qonunning mazmun - mohiyatini anglash, ish jarayoniga oid tomonlarini o'rganish borasida ham aytib o’tdi. Yig’ilish so’ngida filial professor-o’qituvchilar va xodimlar tomonidan Maʼmuriy islohotlar doirasida taʼlim sohasida davlat boshqaruvi takomillashtirilishi munosabati bilan Oʻzbekiston Respublikasining ayrim qonun hujjatlariga oʻzgartirish va qoʻshimchalar kiritish toʻgʻrisida” gi Qonunining mazmun - mohiyatini tushuntirish ishlarini olib borish keng jamoatchilikga targ’ib qilish kerak ekanligi haqida fikirlarini bildirishdi

скачать dle 12.1