“Abdulla Avloniy” nomli baddiy film namoyishi haqida
O’zbekiston Respublikasi Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirining 2025-yil 29-yanvardagi 01-15-29-sonli “Oliy, kasbiy va o’rta maxsus ta’lim muassasalarida 2025-yilning fevral-iyun oylari davomida “Milliy qadriyatlar va ularning millat ma’naviyatidagi o’rni” shiori ostida tadbirlar o’tkazish bo’yicha calendar rejasi”ning ijrosini ta’minlash maqsadida Samarqand davlat veterinariya meditsinasi, chorvachilik va biotexnologiyalar universiteti Nukus filialida talaba-yoshlarga milliy madaniyat va qadriyatlarni aks ettiruvchi “Abdulla Avloniy” nomli baddiy film namoyishi haqida
MA”LUMOT
2025-yil 21-fevral kuni Samarqand davlat veterinariya meditsinasi, chorvachilik va biotexnologiyalar universiteti Nukus filiali faollar zalda talaba-yoshlarga milliy madaniyat va qadriyatlarni aks ettiruvchi “Abdulla Avloniy” nomli baddiy film namoyishi qilindi.
“O‘zbekkino” milliy agentligining buyurtmasiga binonan, jadidchilik harakatining namoyandalaridan biri Abdulla Avloniy tavalludining 140 yilligi munosabati bilan “Avloniy” to‘liq metrajli filmini suratga olingan. Abdulla Avloniy obrazi timsolida o‘sha davrda yashab, faoliyat yuritgan, millat va yurt uchun kurashgan ziyolilarning hayotini ko‘rsatish va bu orqali bugungi kun yoshlarida Vatanga va millatga bo‘lgan muhabbat, ajdodlarga nisbatan faxr va g‘urur tuyg‘ularini shakllantirishdan iborat bo‘lgan.
Abdulla Avloniy – shoir, dramaturg, murabbiy, ilk darsliklar muallifi, o‘zbek teatrining asoschilaridan biri, “Turon“ teatr truppasi tuzuvchisi, Turkistonning Afg‘onistondagi birinchi muxtor elchisi va mamlakat rivoji uchun ulkan hissa qo‘shgan siyosat arbobi hamda jo‘shqin qalbli ijodkor ekanligi haqida talaba-yoshlarda katta ta’surat qaldirdi.
Mana shunday xalqparvar, yurtimizning yuksalishiga, taraqqiy etishiga va madaniyatimizda ulkan iz qoldirgan ajdodimizni talaba-yoshlarimizga ko‘rsatish, ularning qalblarida vatanga sadoqat, insonparvarlik tuyg‘ularini singdirish va har bir talaba-yoshlarimizga mana shunday ajdodlarga munosib bo‘lish kerak ekanligi haqida ham aytib o’tildi.
Namoyish so’ngida talaba-yoshlarimizning filmdan olgan ta’suratlari haqida fikirlar almashinuvi bo’lib o’tdi.

скачать dle 12.1