"Men havas qilgan oliygoh" mavzusida suhbat tashkil etildi
Samarqand davlat veterinariya meditsinasi, chorvachilik va biotexnologiyalar universiteti Nukus filialida, Nukus veterinariya texnikumi o‘quvchilari bilan "Men havas qilgan oliygoh" mavzusida suhbat tashkil etildi. Tadbirning asosiy maqsadi yoshlarni oliy ta'lim muassasalarida tahsil olishga ilhomlantirish va ularni orzularini amalga oshirishga yo‘naltirish edi.
Tadbirni «Veterinariya va zooinjeneriya fakultetining Yoshlar bilan ishlash, ma’naviyat va ma’rifat ishlari bo‘yicha dekan o‘rinbosari E.Seytmuratov boshqarib, o‘quvchilarga oliy o‘quv yurtlarida o‘qish imkoniyatlari haqida batafsil ma’lumotlar berdi. Suhbat davomida E.Seytmuratov yoshlarning oliy ta’lim olishga qiziqishlarini yanada oshirish, o‘z maqsadlariga erishish yo‘lida motivatsiya berish hamda oliygohlarning imkoniyatlaridan to‘liq foydalanishning ahamiyatini ta'kidladi.
Shuningdek, tadbirda Nukus veterinariya texnikumi o‘quvchilari universitetning ta'lim sifati va imkoniyatlarini o‘rganishga, kelajakda o‘z orzularini amalga oshirishga tayyor ekanliklarini bildirib, filialdagi o‘qish jarayonlariga qiziqish bildirdilar. Uchrashuv yoshlarning o‘z kelajagini rejalashtirishda muhim qadam bo‘ldi va ularga yangi g‘oyalar, ilhom va bilim olish uchun imkoniyatlar yaratdi.
скачать dle 12.1