“Talabalar ligasi” sport musobaqalarida filial yoshlari faol qatnashmoqda
Barchamizga ma'lumki, Prezidentimiz tomonidan o‘tkazilgan yig‘ilishida berilgan topshiriqlar ijrosini ta'minlash maqsadida ayni kunlarda 200 dan ortiq oliy ta'lim muassasalarining talaba-yoshlarini qamrab olgan holda, ikkinchi marta 9 ta sport turi bo‘yicha “Talabalar ligasi” sport musobaqalari o‘tkazilmoqda. Jumladan, sportning badminton, basketbol, voleybol, gandbol, yengil atletika, kurash, stol tennisi, futzal, shaxmat bo‘yicha bo‘lib o‘tmoqda.
Kuni kecha, 21-fevral kuni Qoraqalpog‘iston Respublikasidagi OTMlar talabalari o‘rtasida “Talabalar ligasi” sport musobaqalarining badminton sport turiga start berildi. Ushbu musobaqada barcha OTMlari talabalari faol ishtirok etishdi. Quvonarlisi, Samarqand davlat veterinariya meditsinasi, chorvachilik va biotexnologiyalar universiteti Nukus filialining talabalaridan tashkil topgan jamoa 3-o‘rini qo‘lga kiritdi.
—Bu, albatta, ijobiy natija bo‘lib, filial talabalarining sportdagi muvaffaqiyatlarini yana bir bor namoyon etdi —deydi “Iqtisodiyot va gumanitar fanlar” kafedrasining o‘qituvchisi Q.Urazbaev. Musobaqada ishtirok etgan barcha jamoalar va g‘oliblarni tabriklaymiz.
“Talabalar ligasi” kabi musobaqalar talabalarning nafaqat jismoniy salomatligini mustahkamlash, balki ular o‘rtasida hamkorlik, do‘stlik va raqobatni rivojlantirishga xizmat qiladi. Ushbu musobaqalar o‘zaro aloqalarni mustahkamlash, yurtimizda sog‘lom turmush tarzini targ‘ib qilishda muhim ahamiyatga ega. Shuningdek, bunday tadbirlar yoshlarni ijtimoiy faollikka undash, sportga qiziqishlarini yanada oshirishda katta rol o‘ynaydi.
Jamoalarni, ayniqsa g‘oliblarni tabriklaymiz. Ular nafaqat sportda, balki hayotda ham katta muvaffaqiyatlarga erishishlarini tilaymiz. Kelajakda bu kabi musobaqalar yoshlarning sportga bo‘lgan qiziqishlarini oshirib, yurtimizning sport sohasida yana yangi yutuqlarni keltiradi.
скачать dle 12.1