Samarqand davlat veterinariya meditsinasi, chorvachilik va biotexnologiyalar universitetining Nukus filialida "Korrupsiya - taraqqiyot kushandasi" mavzusida yig'ilish o'tkazildi. Ushbu tadbirda filial rahbariyati, Korrupsiyaga qarshi kurashish Komplaens-nazorat” tizimini boshqarish bo‘limi bosh mutaxassisi T.Smaylov, filial profilaktika inspektori Kapitan Q.Qayipnazarov talaba-yoshlar va Qoraqalpog‘iston Respublikasi Adliya vazirligining Huquqiy axborot bo‘yicha bosh maslahatchisi N.Berdiniyazova ishtirok etdi. Tadbirni Yoshlar masalalari va ma'naviy-ma'rifiy ishlar bo‘yicha direktor o‘rinbosari X.Abdijaliev ochib berdi. Yig'ilishning maqsadi, korrupsiyaning taraqqiyotga ta'siri, uning jamiyat va iqtisodiyotdagi salbiy oqibatlari haqida chuqurroq tushuncha hosil qilish, shuningdek, korrupsiyaga qarshi kurashish bo‘yicha zarur chora-tadbirlarni ko‘rish edi. Tadbirda ishtirokchilar, korrupsiya fenomenini o‘rganish, uning oldini olish bo‘yicha samarali usullarni ishlab chiqish hamda yoshlarni bu masalada ongli va mas'uliyatli bo‘lishga chaqirish zarurligi haqida so‘z yuritdilar.N.Berdiniyazova, davlat organlari va ta'lim muassasalari o‘rtasida korrupsiyaga qarshi kurashish bo‘yicha mavjud qonunlar va huquqiy me'yorlar haqida ma'lumot berib, yoshlarni huquqiy ongini yuksaltirish va korrupsiyaning oldini olish uchun faol ishtirok etishga chaqirdi. U shuningdek, jamiyatda korrupsiya darajasini kamaytirish uchun xalqaro tajribalardan foydalangan holda ta'lim muassasalarida maxsus dasturlarni ishlab chiqish zarurligini ta'kidladi.
Yig'ilishda, korrupsiyaga qarshi kurashishda yoshlarning o‘rni va ularning jamiyatdagi roli haqida o‘rganishlar olib borildi. Talabalar va yoshlar, o‘z fikrlarini bildirgan holda, korrupsiyaning ta'lim, sog‘liqni saqlash, iqtisodiyot va boshqa sohalardagi salbiy ta'sirini muhokama qildilar. Ular, shuningdek, korrupsiyani kamaytirish uchun qonuniy va axloqiy choralarni ko‘rish zarurligini ta'kidladilar.
Tadbir oxirida, yig'ilish ishtirokchilari o‘rtasida korruptsiyaga qarshi kurashish borasida fikr almashish va muammoning hal etilishi uchun kelgusidagi harakatlar rejasi tuzildi. Yig'ilish, talabalar va yoshlar o‘rtasida korrupsiya bilan bog‘liq masalalar bo‘yicha ongli munosabatni shakllantirishda katta ahamiyat kasb etdi.