Prezident va yoshlar o‘rtasida olib borilgan muloqotga munosabat: Ta’lim sifatini oshirishda yangi imkoniyatlar
Joriy yilning 14-fevral kuni Ko‘ksaroy qarorgohida Prezident Shavkat Mirziyoyevning mamlakatimiz yoshlari bilan o‘tkazgan muloqoti juda muhim voqea bo‘lib, unda oliy ta'lim tizimini yanada takomillashtirish va yoshlarni qo‘llab-quvvatlash masalalari chuqur muhokama qilindi. Prezident yoshlarning rivojlanishiga katta e’tibor qaratib, oliy ta'lim sifatini oshirish, bilim olishga intilayotgan yoshlarni qo‘llab-quvvatlash bo‘yicha aniq vazifalarni belgilab berdi.
Prezidentimiz ta’kidlashicha, bugungi kunda yoshlarning jamiyatdagi o‘rni, ularning kelajakdagi muvaffaqiyatlari, mamlakatimizni rivojlantirishdagi o‘rni juda katta. Shu boisdan, oliy ta'lim tizimini yanada takomillashtirish, yoshlarni xalqaro miqyosda yuqori sifatli ta'lim olishga jalb qilish, shuningdek, o‘z kasbiga ega bo‘lishlari uchun barcha imkoniyatlarni yaratish zarur.
Prezident tomonidan belgilangan vazifalar doirasida oliy o‘quv yurtlarida ta'lim sifatini yanada oshirishga alohida e’tibor qaratiladi. Samarqand davlat veterinariya meditsinasi, chorvachilik va biotexnologiyalar universitetining Nukus filiali direktori A.Esimbetov va talabalar o‘rtasida o‘tkazilgan uchrashuvda ta’lim sifati masalasi muhokama qilindi. Jumladan, "Kelajakka qadam" dasturi doirasida oliy ta'lim tashkilotlarining bitiruvchilari uchun yangi ish o‘rinlari yaratish va o‘z biznes g‘oyalarini amalga oshirishga yordam berish masalalari ham muhokama qilindi. Bitiruvchilarni ishga joylashtirishga qaratilgan chora-tadbirlar doirasida biznes loyihalarini yaratish uchun moliyaviy qo‘llab-quvvatlash, ish o‘rinlari yaratish va tanlovlar o‘tkazish rejalashtirilgan.
Prezident tomonidan tanlov g‘oliblariga kasbiy ta'lim dasturlarini moliyalashtirish va amaliyot o‘tkazish imkoniyatlari yaratilishi, shuningdek, chet eldagi oliy ta'lim muassasalarida qisqa muddatli o‘quv kurslarida ishtirok etish imkoniyatlari taqdim etilishi e’lon qilindi.
Yoshlar tadbirkorligini rivojlantirish bo‘yicha yangi chora-tadbirlar ishlab chiqildi. “Yoshlar biznesi” dasturi doirasida yosh tadbirkorlarga moliyaviy qo‘llab-quvvatlash va startap loyihalariga imtiyozli kreditlar ajratish ko‘zda tutilgan. 2025–2027-yillarga mo‘ljallangan dastur orqali 350 ming yoshni jalb etish, shuningdek, 100 mingta yangi ish o‘rnini yaratish maqsad qilib qo‘yildi. Yosh tadbirkorlarga kompleks xizmatlar ko‘rsatiladi, ularning ish faoliyatini moliyaviy qo‘llab-quvvatlash uchun AT “Aloqabank” yoshlar banki sifatida ishlashga tayyorlanmoqda.
Olib borilgan muloqot davomida filialda xalqaro hamkorlikni kuchaytirish va innovatsion tashabbuslarni amalga oshirishga alohida e'tibor qaratildi. Buning uchun professor-o‘qituvchilar va talabalarga zamonaviy pedagogik texnologiyalarni tatbiq etish, xalqaro konferensiyalar va tadbirlarda ishtirok etish, shuningdek, innovatsion ishlanmalarni amaliyotga joriy etish masalalari ko‘rib chiqildi.
Shuningdek, Davlatimiz rahbari va yoshlar o‘rtasida bo‘lib o‘tgan muloqotda yoshlarni xalqaro ta'limga jalb qilish borasida yangi tashabbuslar ilgari surildi. “Yorqin kelajak” loyihasi doirasida, ijtimoiy himoyaga muhtoj va bilimga chanqoq yoshlarni chet eldagi o‘quv yurtlarida tahsil olish imkoniyatlari bilan ta’minlash rejalashtirilgan. Har yili tanlab olingan 1 000 nafar yoshga dunyoning eng nufuzli 100 ta oliy ta'lim muassasalarida o‘qish imkoniyati beriladi, ularning o‘qish va yashash xarajatlari to‘liq qoplab beriladi.
Yoshlarning bandligini ta'minlash uchun ham alohida chora-tadbirlar ko‘rilmoqda. Yosh tadbirkorlar uchun imtiyozli mikroqarzlar ajratilishi, shuningdek, yangi ish o‘rinlari yaratish bo‘yicha loyihalar amalga oshiriladi. "Innovatsion yoshlar" loyihasi asosida, yoshlarni qo‘llab-quvvatlash va ularni ilmiy, texnologik sohalarga jalb qilish uchun yangi imkoniyatlar yaratiladi. Uchrashuv davomida ushbu belgilangan vazifalar muhokama qilindi va faol yoshlar o‘z fikrlarini bildirishdi.
Talaba-yoshlar o‘zlariga yaratilgan imkoniyatlar, ta’lim jarayonidagi o‘zgarishlar va ular uchun belgilangan yangi vazifalar haqida o‘z mulohazalarini bildirishdi. Ular, Prezident tomonidan yoshlarni ilm-fan, innovatsiyalar va texnologiyalar sohasida qo‘llab-quvvatlash, bilim olishga bo‘lgan qiziqishni kuchaytirish borasida amalga oshirilayotgan tashabbuslar haqida ma’lumot olishdi.
Talabalar filialdagi o‘quv jarayonining ayrim jihatlarni takomillashtirish zarurligini ta’kidlashdi. Uchrashuvda belgilangan vazifalar doirasida, talabalar o‘z bilim va malakalarini oshirish uchun yanada samarali sharoitlar yaratish muhim ekanligini bildirishdi.
Prezident tomonidan yoshlar uchun yangi imkoniyatlar yaratishga, ularni ta’lim olishga intilishga undashga qaratilgan dasturlar haqida so‘z borar ekan, talabalar bunday tashabbuslarni har tomonlama qo‘llab-quvvatlashlarini bildirishdi.Prezident tomonidan yoshlar uchun yangi imkoniyatlar yaratishga, ularni ta’lim olishga intilishga undashga qaratilgan dasturlar haqida so‘z borar ekan, talabalar bunday tashabbuslarni har tomonlama qo‘llab-quvvatlashlarini bildirishdi. Yoshlarning bilim olish yo‘lida yanada ko‘proq imkoniyatlarga ega bo‘lishi, ular uchun ta’lim sifatining oshishi va amaliyotning muhimligi haqida fikrlar bildirildi.
Uchrashuv yakunida talabalar o‘zlariga taqdim etilgan imkoniyatlardan to‘liq foydalanib, ta’lim tizimidagi amalga oshirilayotgan islohotlar va Prezident tomonidan belgilangan yangi vazifalar bo‘yicha o‘z fikrlarini bildirdilar. Bu uchrashuv talabalar uchun faqatgina ta’lim jarayonidagi yangiliklarni o‘zlashtirish imkoniyati yaratibgina qolmay, balki butun ta’lim tizimining rivojlanishi uchun ham muhim bosqich bo‘ldi. Talabalar, o‘z orzulariga erishish uchun barcha imkoniyatlardan samarali foydalanishga, Prezidentning ishonchini oqlash va o‘z bilimlarini yanada mustahkamlashga intilishlarini bildirdilar.
Shu tariqa, Nukus filiali talabalari bilan o‘tkazilgan uchrashuvda ta’lim va yoshlarni rivojlantirish yo‘nalishidagi yangi imkoniyatlar aniq belgilandi. Bu, o‘z navbatida, talabalar uchun yanada sifatli ta’lim olish imkoniyatlarini yaratishga, ularning bilim olishdagi ishtiyoqini oshirishga xizmat qiladi. Bunday uchrashuvlar, talabalar va ta’lim muassasalari o‘rtasidagi hamkorlikni mustahkamlab, ta’lim sohasida kelajakda amalga oshiriladigan yangiliklarning asosini yaratmoqda.
скачать dle 12.1