Yakuniy nazoratlar haftaligi jarayonlarini shaffof olib borganligi haqida ochiq muloqot o‘tkazildi
Samarqand davlat veterinariya meditsinasi, chorvachilik va biotexnologiyalar universitetining Nukus filiali 2025-yil 17-fevral kuni yakuniy nazoratlar haftaligida shaffoflikni ta'minlash maqsadida ochiq muloqot tashkil etdi. Ushbu tadbirni filialning o‘quv ishlari bo‘yicha direktor o‘rinbosari Q.Atanazarov ochib berdi.
Ochiq muloqotda fakultet dekani va kafedra mudirlari, professor-o‘qituvchilar ishtirok etib, yakuniy nazoratlar jarayonlarining qanday amalga oshirilgani, shaffoflik va adolatli baholashni ta'minlash uchun qanday choralar ko‘rilganini muhokama qildilar. Filialning pedagogik jamoasi, talabalar uchun shaffof nazorat
tizimining muhimligini, bu nafaqat o‘qish jarayonini samarali tashkil etish, balki talabalarni yanada rivojlantirishga xizmat qilishini qayd etdi.
Ochiq muloqot davomida fakultet dekanlari va kafedra mudirlari o‘z fikrlarini bildirishdi, yakuniy nazoratlarning qanday o‘tkazilishi, qanday yangi innovatsion metodlar joriy etilishi haqida ma'lumot berildi. Shuningdek, o‘qituvchilarga talabalar ishlarini baholashda yanada ob'ektiv va adolatli yondashuvni ta'minlash uchun aniq ko‘rsatmalar berildi. Maqsad – har bir talabaga teng imkoniyatlar yaratish, shu bilan birga barcha jarayonlarni shaffof va izchil o‘tkazishdir.
Ochiq muloqotda, filial rahbariyati va pedagogik jamoa kelgusida ta'lim jarayonlarida yangi texnologiyalarni kengroq joriy etishga qaror qilishdi. Bu, o‘z navbatida, ta'lim sifatini yanada oshirish, talabalar uchun yaxshi o‘qish sharoitlarini yaratish va oliygogoh obro'sini yanada mustahkamlashga xizmat qiladi. Yangi rejalarga ko‘ra, talabalar va o‘qituvchilar o‘rtasidagi hamkorlikni mustahkamlash, imtihonlar va boshqa nazorat jarayonlarida yangi metodlarni ishlab chiqish va amaliyotga tatbiq etish rejalashtirilgan.
Ushbu o‘tkazilgan ochiq muloqot yakuniy nazoratlar haftaligining shaffoflik va adolatli o‘tishini ta'minlash borasidagi muhim qadamlardan biridir. Tadbirda ishtirok etgan barcha mutaxassislar o‘z fikrlarini bildirgan holda, bu kabi tadbirlarning talabalar va o‘qituvchilar o‘rtasidagi ishonchni oshirishga xizmat qilishini ta'kidladilar. Kelgusida ham ta'lim sifatini oshirishga doir yangi tashabbuslar davom ettiriladi.
скачать dle 12.1