SAMARQAND DAVLAT VETERINARIYA MEDITSINASI, CHORVACHILIK VA BIOTEXNOLOGIYALAR UNIVERSITETI NUKUS FILIALITalaba-yoshlar jamoasi voleybol musobaqasida 3-o‘rinni egalladi » SAMARQAND VETERINARIYA MEDITSINASI INSTITUTI NUKUS FILIAL
SAMARQAND DAVLAT VETERINARIYA MEDITSINASI, CHORVACHILIK VA BIOTEXNOLOGIYALAR UNIVERSITETI NUKUS FILIALI
Telefon
+998 61 224 71 09
E-mail
samvminf@edu.uz
SamDVUNF » Yangliklar » Talaba-yoshlar jamoasi voleybol musobaqasida 3-o‘rinni egalladi
Talaba-yoshlar jamoasi voleybol musobaqasida 3-o‘rinni egalladi
Oliy ta'lim muassasalaridagi talabalar o‘rtasida "Yoshlar orasida giyohvandlik vositalari va psixotrop moddalar tarqalishining oldini olish oyligi" doirasida, «Giyohvandlik – kelajak kushandasi» mavzusida voleybol musobaqasi tashkil etildi. Ushbu musobaqada respublikamizdagi oliy ta'lim muassasalari talabalaridan tashkil topgan jamoalar ishtirok etdi.
Quvonchlisi, Samarqand davlat veterinariya meditsinasi, chorvachilik va biotexnologiyalar universitetining Nukus filiali talaba-yoshlari jamoasi ushbu musobaqada 3-o‘rinni egalladi. Tashkilotchilar tomonidan diplom va esdalik sovg‘alari topshirildi. Profilaktika inspektori kapitan Q.Qayipnazarov va «Veterinariya va zooinjeneriya» fakul'tetining yoshlar bilan ishlash bo‘yicha dekan muovini E.Seytmuratov bu yangilikni quvonch bilan o‘rtoqlashdi. Ushbu tadbir, talabalar o‘rtasida sog‘lom turmush tarzini targ‘ib qilish va giyohvandlikka qarshi kurashishda muhim ahamiyatga ega. Musobaqa natijalari, yoshlarning sportga bo‘lgan qiziqishini oshirish va ularni salomatlikka e'tibor qaratishga undaydi. Bu kabi tadbirlar, oliy ta'lim muassasalaridagi yoshlarning ijtimoiy faolligini oshirish va ularni salomat turmush tarziga yo‘naltirishda muhim qadam bo‘lib xizmat qiladi.