Axborot-resurs markazining kutubxona fondi yangi adabiyotlar bilan boyitilmoqda
Samarqand davlat veterinariya meditsinasi, chorvachilik va biotexnologiyalar universitetining Nukus filialida “Axborot resurs markazi”da yangi o‘quv adabiyotlari, darsliklar va kitoblar talaba-yoshalrga tanishtirildi. Jumladan, 24 nomdagi 93 kitob olib kelindi.
Tadbirda, Yoshlar masalalari va ma'naviy-ma'rifiy ishlar bo‘yicha direktor o‘rinbosari X.Abdijaliev so‘zga chiqib, filial kutubxonasining yangi adabiyotlar bilan boyitilishi ta'lim sifati uchun muhimligini ta'kidladi. U yangi kitoblar va manbalar talabalarning bilim doirasini kengaytirish, zamonaviy talablar asosida ilm-fan rivojini qo‘llab-quvvatlashga xizmat qilishini aytib o‘tdi. Tadbirda yoshlar, yangi resurslardan qanday samarali foydalanish haqida ham ma'lumot oldilar.
Tadbirda ta'kidlanganidek, yangi adabiyotlar kutubxonaga kiritilishi talabalar uchun katta imkoniyat yaratadi. Bu o‘z navbatida, ularning ilmiy qiziqishlarini oshiradi va o‘quv jarayoniga yangilik kiritadi. Shu bilan birga, zamonaviy adabiyotlar yordamida talabalarga chuqur bilimlar berish va ularni global miqyosda raqobatbardosh qilishga ko‘maklashish maqsad qilinmoqda. Tadbirning ahamiyati, shu bilan birga, yoshlarni o‘z bilimlarini yanada oshirishga va zamonaviy resurslardan samarali foydalanishga undashda ham katta.
Tadbir, shuningdek, talabalarga kutubxona resurslaridan qanday samarali foydalanish haqida amaliy tavsiyalar berildi. Yangi adabiyotlar faqat bilim olishni osonlashtirmasdan, ilmiy izlanishlar va innovatsiyalarni qo‘llab-quvvatlashga ham xizmat qiladi. Bu esa, talabalarga o‘z kasbiy sohasida yuqori natijalarga erishish imkoniyatini yaratadi.
скачать dle 12.1