Filialning ilk magistrantlari dissertatsiyalarini muvaffaqiyatli himoya qilishdi
Samarqand davlat veterinariya meditsinasi, chorvachilik va biotexnologiyalar universiteti Nukus filialida "Chorvachilik" va "Hayvonlarning parazitar va yuqumli kasalliklari" mutaxassisligi magistrantlari magistr akademik darajasini olish uchun dissertasiya himoyalari o‘tkazildi. Jami besh nafar talaba magistrlik dissertatsiyalarini muvaffaqiyatli himoya qilishdi.
Mazkur onlar filial tarixida o‘ziga xos ahamiyatga ega bo‘lib, bu besh nafar talaba magistratura mutaxassisligi bo‘yicha birinchi bitiruvchilari sifatida tarixga kirishdi. Ularning dissertatsiyalari veterinariya tibbiyoti, chorvachilik sohasidagi dolzarb masalalar va hayvonlarning sog‘lig‘ini saqlashga oid ilmiy-tadqiqot ishlari bo‘yicha amalga oshirildi. Jumladan, «Qoraqalpog‘iston sharoitida piroplazmidozlarinig tarqalishi va oldini olish chora tadbirlari», «Qoraqalpog‘iston Respublikasi hududida tarqalgan itlarning asosiy gelmintozlari va qarshi kurashish choralari», «Naslchilikda tanlash usullarining qaroko‘l qo‘ylarining unumdorligiga ta’siri» kabi mavzularda taqdimotlarni namoyish etishdi.
Magistrlik dissertatsiyalarini himoya qilish jarayonida talabalar o‘z ilmiy ishlari natijalarini keng jamoatchilikka taqdim etishdi. Ular o‘zlarining ilmiy yutuqlarini va tadqiqot natijalarini aniq va ravon tarzda taqdim etib, sohaning eng dolzarb muammolariga yechim taklif etdilar. Himoya jarayoni talabalar va ilmiy rahbarlar o‘rtasida o‘tkazilgan qizg‘in muhokamalar bilan ajralib turdi.
Ushbu muvaffaqiyatli himoya jarayoni, filial uchun katta ahamiyatga ega bo‘lib, uning ilmiy salohiyatini yanada kuchaytirishga xizmat qiladi. Magistratura mutaxassisligi bo‘yicha bitirgan talabalarning ilmiy tadqiqotlari O‘zbekistonning veterinariya tizimida o‘z o‘rnini topishi kutilmoqda.
Samarqand davlat veterinariya meditsinasi, chorvachilik va biotexnologiyalar universiteti Nukus filiali o‘zining ilk magistratura bitiruvchilarini tarbiyalab, ularni kasbga tayyorlashda ijobiy natijaga erishdi desak mubolag‘a bo‘lmaydi. Bu nafaqat talabalarning ilmiy o‘sishini, balki filialning ilmiy salohiyati jozibadorligini yanada orttirib, mustahkamlashga ham xizmat qiladi.
Kelajakda ushbu talabalar o‘z ilmiy faoliyatlarini davom ettirib, mamlakatimizning veterinariya, chorvachilik va biotexnologiya sohalarida yetakchi mutaxassislar sifatida o‘zlarining katta hissalarini qo‘shishlari kutilyapti. Shuningdek, bu muvaffaqiyat filiali uchun yana bir qadam oldinga siljish bo‘lib, yangi avlod ilm-faniga qo‘shgan hissalarini yanada kengaytirish uchun mustahkam asos bo‘ladi.
Bu yutuq, shuningdek, filialning ilmiy-tadqiqot ishlari va ta'lim sifatini yanada yaxshilashga bo‘lgan intilishlarining bir qismi sifatida baholanishi kerak. Shuningdek, kelajakda o‘zining magistratura dasturlarini yanada rivojlantirib, ilmiy sohalarda yuksak natijalarga erishishni davom etadi.
скачать dle 12.1