"Jaholatga qarshi ma'rifat" mavzusi doirasida davra suhbati o‘tkazildi
Samarqand davlat veterinariya meditsinasi, chorvachilik va biotexnologiyalar universiteti Nukus filialida xotin-qizlar maslahat kengashining tashabbusi bilan "Jaholatga qarshi ma'rifat" mavzusi doirasida davra suhbati o‘tkazildi. Tadbirda filialning Xotin-qizlar masalalari bo‘yicha direktor maslahatchisi Z.Dawletova, Yoshlar bilan ishlash bo‘yicha dekan o‘rinbosari E.Seytmuratov va filial profilaktika inspektori, kapitan Q.Qayipnazarov ishtirok etdilar.
Tadbirda talaba-qizlarga separatizm va mutaasiblik g‘oyalari ta'siridan saqlanish va ularning oldini olish bo‘yicha ma'ruzalar tinglandi. Ishtirokchilar yoshlarni jaholat va salbiy ta'sirlardan himoya qilish, birlashgan, yurtni sevuvchi fuqaro bo‘lishga chaqirishdi. Davra suhbati talaba-qizlarga ijtimoiy hayotda faol ishtirok etish va o‘zligini anglashda yordam berish maqsadida o‘tkazildi. Tadbirda qatnashgan barcha ishtirokchilar, yoshlarni zamonaviy, ijtimoiy jihatdan mas'uliyatli va fikrlashga oid keng ko'lamli bilimlar bilan ta'minlash zarurligini ta'kidlab, bunday tadbirlarning ahamiyatini yuqori baholadilar.
Tadbir yakunida ishtirokchilar yoshlar orasida separatizm va mutaasiblik g‘oyalariga qarshi kurashish, jamiyatda o‘zaro hurmat va birligimizni mustahkamlash zarurligi haqida fikr almashdilar. Bunday davra suhbatlari talaba-qizlarni jaholat va salbiy ta'sirlardan himoya qilish, ularga ijtimoiy mas'uliyatni tushuntirishda muhim o‘rin tutadi.
скачать dle 12.1