Filial talabalarining adabiyotga qiziqishini oshirishga oid tadbir o‘tkazildi
Samarqand davlat veterinariya meditsinasi, chorvachilik va biotexnologiyalar Universiteti Nukus filiali «Veterinariya va zooinjeneriya» fakultetida talaba yoshlarni adabiyotga qiziqtirish maqsadida “Kitobxon talaba” loyihasi doirasida tadbir o‘tkazildi. Yoshlar bilan ishlash bo‘yicha dekan o‘rinbosari E.Seytmuratov tadbirda ishtirok etgan talabalarga Cho‘lponning “Kecha va kunduz” asarining o‘ziga xosligi va uning o‘zbek adabiyotidagi o‘rni haqida chuqur tushunchalarni berdi. Ushbu asar, ayniqsa, o‘zbek ijtimoiy-siyosiy hayoti va adabiyotining tarixida muhim ahamiyatga ega bo‘lib, Cho‘lponning insoniyat qadriyatlari va adolatni himoya qilishdagi o‘rni haqida gapiradi.
Talabalar ushbu asar asosida o‘z fikrlarini bildirish, uning xususiyatlarini tahlil qilish va asar mohiyatini chuqurroq o‘rganish imkoniyatiga ega bo‘ldilar.
Bundan tashqari,To‘lapbergan Qaipberganovning “Sońǵı hújim” asari ham talabalarga o‘qish uchun tavsiya etildi. Ushbu asar, o‘zining betakror uslubida va chuqur ma'nolarida yosh avlod uchun muhim g‘oyalarni o‘z ichiga oladi. Talabalar, bu asar orqali o‘zlariga yangi bilimlar va yangi fikrlar olishi mumkinligi ta'kidlab o‘tildi.
Tadbirda faol ishtirok etgan talabalar, adabiyotning yoshlar tarbiyasidagi o‘rni va uning shaxsiy rivojlanishga bo‘lgan ta'sirini ta'kidlab o‘tishdi. Bunday tadbirlar, nafaqat talabalar o‘rtasida adabiyotga bo‘lgan qiziqishni oshiradi, balki ularning intellektual rivojlanishini ham qo‘llab-quvvatlaydi.
Tadbir yakunida, “Kitobxon talaba” loyihasining kelgusi faoliyatlari haqida aytilib, shu kabi tadbirlarni o‘tkazishning ahamiyati haqida fikrlar bildirilgan holda, ishtirokchilarni yangi adabiyot asarlarini o‘qishga va o‘zaro fikr almashishga undashdi. Bu kabi tashabbuslar, talabalarning bilim olishini kengaytirishga va ularga hayotda zarur bo‘lgan ko‘nikmalarni rivojlantirishga yordam beradi.
скачать dle 12.1