“Bo‘lajak olim” tanlovida ishtirok etish shartlari va tanlovning e’lon
Tanlovning asosiy maqsadi: O‘zbekiston Respublikasidagi iqtidorli
va iste’dodli yoshlarning innovatsion faoliyati natijalari va tashabbuslarini davlat tomonidan qo‘llab-quvvatlash, ularning ilmiy izlanishlari uchun zarur
shart-sharoitlarni yaratib berish hamda salohiyatli yoshlarni ilm-fanga keng jalb etishdan iborat.Mazkur tanlov Vazirlar Mahkamasining 2021-yil 19-apreldagi “Ilmiy va innovatsion faoliyat bilan shug‘ullanib kelayotgan iqtidorli yoshlarni qo‘llab quvvatlash chora-tadbirlari to‘g‘risida” 222-son qarorining 2-ilovasi belgilangan “Startap loyihalarni shakllantirish va ularni ko‘rib chiqib, tanlab olish tartibi”ga muvofiq “Faktoring sohasidagi startap va IT loyihalar” bo‘yicha startap loyihalar tanlovi o‘tkaziladi.
“Bo‘lajak olim” tanlovi doirasida “Faktoring sohasidagi startap va IT loyihalar” bo‘yicha arizalar qabul qilinadi.
Tanlov ishtirokchilariga qo‘yiladigan talablar:
- Tanlov ishtirokchilari O‘zbekiston Respublikasi fuqarosi bo‘lishi kerak;
- Tanlov ishtirokchilari yoshi, ilmiy darajasi, unvoni, mansabi va ish joyidan qat’iy nazar 40 yoshdan oshmasligi lozim;
- 1 nafar ishtirokchi 1 ta loyiha bilan ishtirok etishi lozim.
Tanlovga topshiriladigan startap loyihalarga qo‘yiladigan talablar:
- Startap loyiha faqatgina Faktoring sohasiga tegishli bo‘lishi;
- Startap loyiha an’anaviy biznes turlaridan ilmiy yangiligi yoki innovatsion elementiga asosan farqli bo‘lishi;
- Startap loyihaning jamiyat va iqtisodiyotdagi ma’lum bir muammoning yechimiga qaratilgan bo‘lishi;
- Startap loyihani amalga oshirish uchun talab etiladigan mablag‘lar aniq ko‘rsatilishi va asoslantirilishi;
- Startap loyihaning aniq amalga oshirish mexanizmlari, muddati va dastlabki natijalari ko‘rsatilgan bo‘lishi;
- Startap loyihani amalga oshirishga so‘ralgan mablag‘ miqdori bazaviy hisoblash miqdorining 3000 barobarigacha bo‘lishi;
- Taqdim etilgan startap loyihalar tanlov talablariga qat’iy rioya qilingan, startap loyiha materiallari ishonchli va haqqoniy, ko‘chirmachilikka (plagiat) yo‘l qo‘yilmagan, belgilangan talablar asosida shakllantirilgan bo‘lishi;
- Startap loyihalarni amalga oshirishning eng ko‘p muddati 12 oydan oshmasligi;
- Taqdim etilgan startap loyihaning ma’lumotlari haqqoniyligi va ishonchliligi, tanlov dasturlari vazifalarida belgilangan, kutilayotgan natijalarni to‘la va o‘z vaqtida sifatli bajarilishiga startap loyiha mualliflari shaxsan javobgar hisoblanadi.
Tanlovda ishtirok etish uchun arizalar yuborish:
Tanlov doirasida arizalar 2025-yilning 16-yanvar kunidan 16-mart kuni soat 23:59 ga qadar (16-mart kuni ham qabul qilinadi) qabul qilinadi.
Tanlovga taqdim etiladigan arizalar belgilangan hujjat shakllari asosida to‘ldirilib, elektron shaklda “startup.ilmiy.uz” platformasi orqali topshirilishi lozim.
Taqdim etilgan hujjatlar “Bo‘lajak olim” tanlovi talablariga mos ravishda to‘liq taqdim etilganligi va rasmiylashtirilganligini, ma’lumotlarning haqqoniyligi
va ishonchliligi, tanlov dasturlari vazifalarida belgilangan, kutilayotgan natijalarni to‘la va o‘z vaqtida sifatli bajarilishiga ariza mualliflari shaxsan javobgar hisoblanadi.
Qo’shimcha ma’lumotlar Filial iqtidorli talabalari ilmiy –tadqiqot faoliyatini tashkil etish bo’limi
+998(99) 495-55-10
скачать dle 12.1