Ijara xonadonlarida istiqomat qilayotgan talabalar holidan xabar olindi
«Veterinariya va zooinjeneriya» fakultetining tyutorlari hamda profilaktika inspektori Kapitan Q.Qayipnazarov talabalar yashash sharoitlarini yaxshilash va ularning xavfsizligini ta'minlash maqsadida ijara uylarida nazorat tadbirlarini o‘tkazmoqda. Ushbu tadbirda talabalar yashayotgan uylardagi xavfsizlik holati, xususan, yong‘in xavfsizligi va is gazidan zaharlanish ehtimollari yuzasidan muhim tavsiyalar berildi.
Tadbirning asosiy maqsadi, talabalarga xavfsizlikni oshirish bo‘iycha tegishli tavsiyalarni berish, ularning yashash sharoitlarini yaqindan o‘rganishdan iborat.
Kapitan Q.Qayipnazarov, talabalar yashash joylarida yong‘in xavfsizligi qoidalariga rioya qilishning ahamiyatini alohida ta'kidlab o‘tdi. U, avvalo, elektr jihozlari va isitish tizimlarining to‘g‘ri ishlashini, shuningdek, elektr simlarining yaroqliligini tekshirib turish zarurligini ta'kidladi. Elektr jihozlarini noto‘g‘ri foydalanish, kuchli yuklamalar va elektr jihozlaridagi nosozliklar yong‘in xavfini oshirishi mumkin, shuning uchun har bir talaba o‘z yashash joyidagi elektr tizimlarini tekshirib turishi kerak. Shuningdek, is gazidan zaharlanishning oldini olish bo‘yicha keng qamrovli ogohlantirishlar berildi.
Ushbu ijara uylarga tashriflar talabalar orasida xavfsizlik madaniyatini oshirish va ularning yashash sharoitlarini yaxshilashni ta'minlashga qaratilgan. Ushbu tadbir, yoshlarni o‘z xavfsizligini ta'minlashda mas'uliyatli bo‘lishga undaydi va ularning ijara xonadonlaridagi yong‘in xavfsizligi, is gazidan zaharlanish kabi muhim masalalarda ehtiyotkor bo‘lishlarini ta'minlaydi.
Bunday profilaktik tadbirlar talabalar o‘rtasida xavfsizlikni oshirish, yashash joylarida sog‘lom va xavfsiz muhit yaratish uchun juda muhimdir. Shuningdek, talabalar orasida jamiyatga nisbatan mas'uliyatni oshiradi va umumiy xavfsizlik madaniyatining shakllanishiga yordam beradi. Har bir talaba o‘z yashash joyining xavfsizligini ta'minlashda, o‘zining va boshqa talabalarning farovonligini o‘ylab harakat qilishga mas'ul ekanligini yana bir marta his qiladi. Ijara uylarda istiqomat qilayotgan talabalarning yashash sharoitlarini o‘rganish ishlari davom etmoqda.
Axborot xizmatiскачать dle 12.1