SAMARQAND DAVLAT VETERINARIYA MEDITSINASI, CHORVACHILIK VA BIOTEXNOLOGIYALAR UNIVERSITETI NUKUS FILIALI«Diniy bag‘rikenglik va millatlararo totuvlik» mavzusida targ‘ibot tadbiri o‘tkazildi » SAMARQAND VETERINARIYA MEDITSINASI INSTITUTI NUKUS FILIAL
SAMARQAND DAVLAT VETERINARIYA MEDITSINASI, CHORVACHILIK VA BIOTEXNOLOGIYALAR UNIVERSITETI NUKUS FILIALI
«Diniy bag‘rikenglik va millatlararo totuvlik» mavzusida targ‘ibot tadbiri o‘tkazildi
2025 yilning 23 yanvar kuni Samarqand davlat veterinariya meditsinasi, chorvachilik va biotexnologiyalar universiteti Nukus filialida «Diniy bag‘rikenglik va millatlararo totuvlik» mavzusida muhim targ‘ibot tadbiri o‘tkazildi. Tadbirda mamlakatimizdagi din va millatlar orasidagi totuvlik va bag‘rikenglikni mustahkamlash masalalari muhokama qilindi. Tadbirni filial direktori A.Esimbetov ochib berdi. Uning so‘zlariga ko‘ra, diniy bag‘rikenglik va millatlararo totuvlik – har bir insonning qadriyatlari va huquqlari asosida yaratilgan tinchlik va birdamlik muhitiga erishish yo‘lida muhim ahamiyat kasb etadi. Tadbirda O‘zbekiston Respublikasi Din ishlari bo‘yicha qo‘mitaning Qoraqalpog‘iston Respublikasi hududiy boshqarmasi Nukus shahar bosh mutaxassisi X.Nezamatov, Qoraqalpog‘iston Respublikasi Ichki ishlar vazirligi Terrorizmga qarshi kurashish boshqarmasi yetakchi mutaxassisi S.Tanabergenov va nuroniy B.Sultanovlar o‘zlarining ma'ruzalarini taqdim etdilar. X.Nezamatov o‘z chiqishida diniy bag‘rikenglik va millatlararo totuvlikning ahamiyatini, ularning jamiyatda tinchlik va barqarorlikni ta'minlashda qanday o‘rni borligini ta'kidlab o‘tdi. S.Tanabergenov esa terrorizmga qarshi kurashish va ekstremizmga qarshi choralar ko‘rishda diniy bag‘rikenglik va millatlararo totuvlikning muhim ahamiyatiga e'tibor qaratish zarurligini uqtirdi. Nuroniy Begdulla Sultanov o‘z navbatida insonlarning ma'naviy-axloqiy qimmatlarini mustahkamlash va ularni qo‘llab-quvvatlashda keng jamoatchilikning roli haqida so‘zladi. Tadbir ishtirokchilari ularning ma'ruzalari va fikrlari orqali diniy bag‘rikenglik va millatlararo totuvlikni qo‘llab-quvvatlash, hamkorlikni mustahkamlash va jamiyatdagi tinchlikni saqlash uchun har bir fuqaro o‘z hissasini qo‘shishi kerakligini aytib o‘tdilar. Tadbirda ishtirok etgan yoshlar savol-javoblar orqali katta qiziqish va faollik bilan yondoshishdi. Ushbu tadbir diniy bag‘rikenglik va millatlararo totuvlikni mustahkamlash, jamiyatda barqarorlik va tinchlikni ta'minlash maqsadida o‘tkazilgan muhim tadbirlardan biri sifatida o‘z ahamiyatini kashf etdi.Axborot xizmati