"Erta turmush, erta nikohning salbiy oqibatlari" mavzusida uchrashuv bo‘lib o‘tdi
2025 yil 22-yanvar kuni Samarqand davlat veterinariya meditsinisi, chorvachilik va biotexnologiyalar universiteti Nukus filiali «Veterinariya va zooinjeneriya» fakultetida talaba qizlar ishtirokida "Erta turmush, erta nikohning salbiy oqibatlari" mavzusida uchrashuv bo‘lib o‘tdi. Fakultet dekani muovini E.Seytmuratov tadbirni kirish so‘zi bilan ochib berdi. Uchrashuv davomida o‘smirlar dispanserining shifokori B.Xalmuratova so‘zga chiqib, ishtirokchilarga erta nikohning yoshlar hayotiga bo‘lgan ta'siri, psixologik va ijtimoiy muammolar, shuningdek, O‘zbekistondagi bu bo‘yicha qabul qilingan normativ-huquqiy hujjatlar haqida keng ma'lumot berdi. Uchrashuvda ishtirok etgan mutaxassislar, erta nikohning faqat yosh qizlar uchun emas, balki jamiyat uchun ham salbiy oqibatlarga olib kelishi mumkinligini ta'kidladilar.
Erta turmush yoshlarning ta'lim olish, professional rivojlanish va ijtimoiy faoliyatga tayyorgarlik ko‘rish imkoniyatlarini cheklashga sabab bo‘lishi mumkin. Bu esa yoshlarning mustaqil hayot qurish va oilaviy qarorlar qabul qilishda qobiliyatlarini kamaytiradi. Filial psixologi M.Allamuratova erta nikohning yosh ayollar uchun psixologik jihatdan salbiy ta'sirlarini gapirib berdi. Jismoniy va psixo-emosional rivojlanishning kechikishi, oilaviy muammolarga, ya'ni bir-birini tushunish, ayniqsa ayolning ijtimoiy roliga ta'sir ko‘rsatadi. Bu yosh ayollarning farzandga bo‘lgan munosabatiga ham salbiy ta'sir ko‘rsatishi mumkin.
Talaba qizlarga O‘zbekistonda ayollar va erkaklar uchun nikoh yoshi qonun bilan 18 yosh deb belgilanganligi ma'lumot sifatida aytib o‘tildi. Shuningdek, uchrashuvda ta'kidlangan boshqa muhim nuqtalardan biri, erta turmushning oilaviy muammolarga olib kelishi. Erta nikohda bolalarning yosh oila qurish va uning mas'uliyatini tushunish darajasi yanada past bo‘ladi, bu esa oiladagi stress va muammolarni oshiradi. Yoshlar, maxsus psixologik yordam olishni talab qiluvchi holatlarga yuz tutishi mumkin.
Shuningdek, yosh ayollar va erkaklarning oilaviy hayotga tayyorgarligini oshirish, ularga turmushga oid bilimlar berish muhim ekanligi ta'kidlandi. Bunda, aniq tarbiya usullari va ma'rifiy tadbirlar muhim ahamiyat kasb etadi. Talaba-qizlarda yoshlar orasida erta nikohning salbiy oqibatlari haqida aniq va to‘liq tushunchalar paydo bo‘ldi. Mutaxassislar, yoshlarga turmushga oid ma'rifiy dasturlar va treninglar olib borish, ularni erta turmushning ijtimoiy, psixologiyaviy va sog‘liqqa bo‘lgan ta'sirlaridan xabardor qilishga chaqirishdi. Shuningdek, oilaviy mushkulotlarning oldini olish va ularga munosabatlarni yaxshilash uchun mahalliy hokimiyatlar, mutaxassislar va ta'lim muassasalari hamkorligini yanada kuchaytirish zarurligi ta'kidlandi.
Uchrashuv, talaba qizlarning erta turmushning salbiy oqibatlari haqidagi bilimlarini oshirish, ularga kelajakda oilaviy hayotning muvaffaqiyatli va barqaror bo‘lishi uchun kerakli ko‘nikmalarni taqdim etish maqsadida tashkil etildi. Yoshlarga ma'lumot berish va ularni oilaviy hayotga tayyorlash uchun doimiy ma'rifiy tadbirlar olib borish hamda qonunlar va ijtimoiy siyosatlar orqali yoshlarning huquqlari va imkoniyatlarini muhofaza qilish muhim ahamiyatga ega.
скачать dle 12.1