Imtihonlar shaffof va adolatli o‘tishi nazorat ostiga olinmoqda
Barchamizga ma'lumki, Oliy o‘quv yurtlarida talabalarga yil davomida ikki marta semestr imtihonlari o‘tkaziladi. Ayni kunlarda Samarqand davlat veterinariya meditsinasi, chorvachilik va biotexnologiyalar universiteti Nukus filialida qishki semestr imtihonlari bo‘lib o‘tmoqda. 13-yanvar sanasidan boshlab bakalavriat ta'lim yo‘nalishida tahsil olayotgan talaba-yoshlar imtihonlarni yozma, og‘zaki va test shaklida topshirib, o‘z bilimlarini sinovdan o‘tkazmoqda.
Dekanatning bergan ma'lumotiga ko‘ra, 15-fevralga qadar barcha imtihonlarni o‘tkazib bo‘lish reja qilingan. — Filialda har ikkala semestr imtihonlarini o‘tkazish jarayoniga alohida e'tibor qaratiladi. Biz uchun ayniqsa shaffof o‘tkazilishi muhim. Shu bois imtihonlarni shaffof, adolatli va yuqori darajada o‘tkazilishini ta'minlashga intilamiz. Har bir talaba o‘z bilimlariga muvofiq baho olishi kerak. Imtihonlar orqali talabalarga adolatli baho berilishi ta'minlanadi. Biz talabalarning hech qachon norozi bo‘lishlariga yo‘l qo‘ymaymiz — deydi «Veterinariya va zooinjeneriya» fakulteti dekani A.Kaniyazov.
Imtihonlar videokuzatuv kameralari mavjud bo‘lgan auditoriyalarda bo‘lib o‘tmoqda, shuningdek, jarayonni YouTube platformasi orqali to‘g‘ridan-to‘g‘ri kuzatish imkoni ham yaratilmoqda. Imtihon jarayonlarining adolatli o‘tkazlishi yuzasidan mas'ullarga tegishli topshiriqlar berilgan. Eng muhimi filialda tahsil olayotgan talabalarga qulay sharoitlar yaratib berish va ularning bilimlarini ochiq tarzda sinovdan o‘tkazib, munosib baholarini qo‘yib berishdan iborat. Shu o‘rinda eslatib o‘tamiz, agarda siz imtihon jarayonlarida tamagirlik guvohi bo‘lib yoki adolatsizlikka qurboni bo‘layotgan bo‘lsangiz filialning Korrupsiyaga qarshi kurashish Komplaens-nazorat” tizimini boshqarish bo‘limiga (+998 91 002 67 89) bemalol murojaat qilishingiz mumkin.
скачать dle 12.1