SAMARQAND DAVLAT VETERINARIYA MEDITSINASI, CHORVACHILIK VA BIOTEXNOLOGIYALAR UNIVERSITETI NUKUS FILIALIQozog‘istonlik o‘qituvchi o‘z taassurotlarini o‘rtoqlashdi » SAMARQAND VETERINARIYA MEDITSINASI INSTITUTI NUKUS FILIAL
SAMARQAND DAVLAT VETERINARIYA MEDITSINASI, CHORVACHILIK VA BIOTEXNOLOGIYALAR UNIVERSITETI NUKUS FILIALI
Telefon
+998 61 224 71 09
E-mail
samvminf@edu.uz
SamDVUNF » Yangliklar » Qozog‘istonlik o‘qituvchi o‘z taassurotlarini o‘rtoqlashdi
Qozog‘istonlik o‘qituvchi o‘z taassurotlarini o‘rtoqlashdi
Kecha xabar berganimizdek, “QS World University Rankings” reytingida 500 taligiga kiradigan Qozog‘iston milliy agrar tadqiqot universitetining iqtisodiyot fanlari bo‘yicha falsafa doktori (PhD) A.Ismailova filialga tashrif buyurgan edi. Qozog‘istonlik o‘qituvchi “Iqtisodiyot va gumanitar fanlar” kafedrasining “Buxgalteriya hisobi va audit” yo‘nalishining 3-bosqich talabalariga rejada belgilangan 16 soat darslarini o‘tib yakunlab bo‘ldi. Bugun filial rahbariyati hamda kafedra o‘qituvchilari ishtirokida uchrashuv tashkil etildi. Filial direktori A.Esimbetov o‘z nutqida Qozog‘istonlik mehmonga tashrif uchun alohida minnatdorchilik bildirib, kelgusida hamkorlik aloqalarini yanada mustachkamlab borish bo‘yicha o‘z takliflarini ilgari surdi. Shundag so‘ng A.Ismailova kafedradagi o‘qituvchilar samimiyat ila mehmondo‘stlik ko‘rsatganligi, talabalarning darslarni o‘zlashtirishga bo‘lgan qiziqishlarini alohida ta'kidlab o‘tdi. — Umumiy qilib aytganda filial muhiti menga juda yoqdi, kelgusida imkkoniyat bo‘lsa yana tashrif buyurishni niyat qildim. Rahbariyatga alohida tashakkurimni izhor qilaman—deydi A.Ismailova Shundan so‘ng direktor o‘rinbosarlari, fakultet dekani va kafedra mudiri ham so‘z olib o‘zlarining iliq fikrlarini bildirib o‘tishdi. Olib borilgan muloqot davomida mehmon filial o‘qituvchilari bilan bu yerda orttirilgan tajribalarini o‘rtoqlashdi. Uchrashuv yakunida filial direktori A.Esimbetov A.Ismailovaga filial rahbariyati nomidan tashakkurnoma topshirdi. Shuningdek, “Iqtisodiyot va gumanitar fanlar” kafedrasi tomonidan esdalik sovg‘asi taqdim etildi.