Yakuniy nazoratlar haftaligiga start berildi
Hozirgi kunda barcha oliy ta'lim muassasalarida yakuniy nazoratlar haftaligi boshlandi va bu jarayonlar to‘liq shaffoflik va adolat asosida olib borilmoqda. Samarqand davlat veterinariya meditsinasi, chorvachilik va biotexnologiyalar universiteti Nukus filiali ham o‘z talabalarining bilimlarini sinovdan o‘tkazish jarayonini yuqori talablar asosida olib borishga intilmoqda. Talabalar, imtihonlarni yozma, og‘zaki va test shaklida topshirib, o‘z bilimlarini sinovdan o‘tkazmoqdalar.
13-yanvar sanasidan start olgan imtihonlarning haqqoniy va shaffof o‘tishini ta'minlash maqsadida, filial direktori A.Esimbetov imtihonlar o‘tkazilayotgan auditoriyalarda bo‘lib, jarayonni diqqat bilan kuzatdi. imtihonlarning shaffof o‘tkazilishiga ma'sullar, jumladan, sifat bo‘yicha komissiya a'zolari bilan muloqot olib borib, ularga jarayonlarni qat'iy nazorat ostiga olish, har qanday nohaqlik yoki xatoliklarga yo‘l qo‘ymaslik borasida qat'iy topshiriqlar berdi.
A.Esimbetov talabalar bilan suhbatda, imtihon jarayonini faqat o‘z bilimlari va malakalarini sinash imkoniyati sifatida qabul qilishni, har qanday no‘noq yoki firibgar yo‘llardan yiroq turishni, barcha ishlarni halol va to‘g‘ri yo‘l bilan bajarishni ta'kidladi. —Aziz talabalar imtihon jarayonlariga sizga o‘z bilimlaringizni sinab ko‘rish uchun taqdim etilayotgan bir imkoniyat deb qaranglar, har qanday tamagirlik, qing‘ir yo‘llardan yiroq bo‘linglar, faqat va faqat o‘z zehningiz va bilimingizga tayaning. Har qanday aldovlardan va adolatsizlikdan chetda turing. Yolg‘on yo‘llar faqat o‘zingizni aldashga olib keladi" —deydi A.Esimbetov. Bu kabi yakuniy nazoratlar, talabalarga faqat bilimlarini sinash imkoniyatini berib qolmay, balki ularni halollik va mehnatsevarlik kabi muhim fazilatlar bilan ham tanishtiradi.





Axborot xizmatiскачать dle 12.1