SAMARQAND DAVLAT VETERINARIYA MEDITSINASI, CHORVACHILIK VA BIOTEXNOLOGIYALAR UNIVERSITETI NUKUS FILIALITalabalar Nukus shahridagi Shimoli-g‘arbiy harbiy okrugiga sayohat qildi » SAMARQAND VETERINARIYA MEDITSINASI INSTITUTI NUKUS FILIAL
SAMARQAND DAVLAT VETERINARIYA MEDITSINASI, CHORVACHILIK VA BIOTEXNOLOGIYALAR UNIVERSITETI NUKUS FILIALI
Telefon
+998 61 224 71 09
E-mail
samvminf@edu.uz
SamDVUNF » Yangliklar » Talabalar Nukus shahridagi Shimoli-g‘arbiy harbiy okrugiga sayohat qildi
Talabalar Nukus shahridagi Shimoli-g‘arbiy harbiy okrugiga sayohat qildi
Samarqand davlat veterinariya meditsinasi, chorvachilik va biotexnologiyalar universiteti Nukus filialida “Qalqon” jamoatchilik guruhi a'zolaridan iborat talaba-yoshlari Nukus shahridagi Shimoli-g‘arbiy harbiy okrugiga sayohat qildi. Tashrif davomida harbiylarning yashash sharoitlari bilan tanishishdi, shuningdek, ma'naviyat va ma'rifat markazi hamda okrug muzeyida bo‘lishdi. Shuningdek, bu yerda ular harbiylar uchun yaratilgan shart-sharoitlar, ularning kasbiy va ma'naviy rivojlanishi uchun ko‘rsatilgan e'tibor bilan yaqindan tanishdilar. Ushbu sayohat yoshlarning vatanparvarlik hissini oshirish, harbiy xizmatga ehtirom ko‘rsatish va Vatanga bo‘lgan muhabbatni yanada mustahkamlashga xizmat qilishi shubhasiz. Yoshlar bu tashriflardan katta taassurotlar olib, o‘ziga xos motivatsiyaga ega bo‘lib qaytdilar. Bunday sayohatlar yoshlarning ma'naviy va kasbiy rivojlanishiga salbiy ta'sir ko‘rsatmaydi, balki ularning milliy tuyg‘ularini shakllantirish, vatanga bo‘lgan muhabbatini kuchaytirishga xizmat qiladi. Bu kabi tashriflar yoshlarning ijtimoiy faolligi va milliy ruhini mustahkamlashda muhim rol o‘ynaydi.