SAMARQAND DAVLAT VETERINARIYA MEDITSINASI, CHORVACHILIK VA BIOTEXNOLOGIYALAR UNIVERSITETI NUKUS FILIALIQozog‘iston OTMlari bilan hamkorlik aloqalari talabalarga yangi imkoniyatlarni taqdim etmoqda » SAMARQAND VETERINARIYA MEDITSINASI INSTITUTI NUKUS FILIAL
SAMARQAND DAVLAT VETERINARIYA MEDITSINASI, CHORVACHILIK VA BIOTEXNOLOGIYALAR UNIVERSITETI NUKUS FILIALI
Telefon
+998 61 224 71 09
E-mail
samvminf@edu.uz
SamDVUNF » Yangliklar » Qozog‘iston OTMlari bilan hamkorlik aloqalari talabalarga yangi imkoniyatlarni taqdim etmoqda
Qozog‘iston OTMlari bilan hamkorlik aloqalari talabalarga yangi imkoniyatlarni taqdim etmoqda
Bugungi oliy ta'lim tizimidagi islohotlarning asosiy maqsadi — ta'lim jarayonlarini zamonaviy talablar asosida takomillashtirish, yuqori malakali va raqobatbardosh kadrlar tayyorlash, yoshlarning bilimlarini xalqaro standartlarga mos ravishda yangilash va ularni global muammolarni yechishda samarali ishlashga hamda ijobiy o‘zgarishlar yaratishga qodir mutaxassislar sifatida shakllantirishdan iborat. Buning natijasida, talabalarga nafaqat mahalliy, balki xalqaro miqyosda ham muvaffaqiyatlarga erishish uchun yangi imkoniyatlar ochiladi. Samarqand davlat veterinariya meditsinasi, chorvachilik va biotexnologiyalar universiteti Nukus filiali shularni inobatga olgan holda o‘zining katta tashabbuslari va ilg‘or tashkiliy ishlari bilan e'tiborga sazovor bo‘lmoqda. Jumladan, xalqaro darajadagi ta'lim standartlariga javob beradigan, raqobatbardosh kadrlar tayyorlashga e'tibor qaratgan holda, xorijiy va qo‘shni davlatlarning nufuzli oliy ta'lim muassasalari bilan hamkorlik aloqalarini kengaytirishga intilmoqda. Bu jarayonda filialga yuqori malakaga ega professor-o‘qituvchilarni jalb qilish, ta'lim sifatini oshirish va o‘quv jarayonini zamonaviy talablarga moslashtirishga katta e'tibor qaratilayotir. Ayniqsa, Qozog‘iston Respublikasining “QS World University Rankings” reytingida 500 taligiga kiradigan oliy o‘quv yurtlari bilan o‘zaro manfaatli hamkorlik aloqalari muvaffaqiyatli yo‘lga qo‘yilgan. Bu hamkorlik doirasida o‘qituvchilar almashinuvi amalga oshirilib, universitetlar orasida tajriba almashish va o‘quv jarayonini yaxshilashga qaratilgan turli tadbirlar tashkil etilmoqda. Bu aloqalar talabalarga xalqaro miqyosdagi bilim va ko‘nikmalarni o‘zlashtirish imkonini berib, ularning dunyoning har qanday muammolariga munosib javob berish qobiliyatini oshiradi. Jumladan, “QS World University Rankings” reytingida 500 taligiga kiradigan Qozog‘iston milliy agrar tadqiqot universitetining iqtisodiyot fanlari bo‘yicha falsafa doktori (PhD) Ismailova Aygul Qanatbaevna filialga tashrif buyurib, “Iqtisodiyot va gumanitar fanlar” kafedrasi Buxgalteriya hisobi va audit yo‘nalishining 3-bosqich talabalariga zamonaviy iqtisodiy va audit sohalaridagi bilimlarini chuqurlashtirishga qaratilgan dars mashg‘ulotlarini olib bordi. Bu darslar talabalarga xalqaro darajadagi bilimlarni o‘zlashtirish, zamonaviy iqtisodiy muammolarni tushunish va tahlil qilish, shuningdek, iqtisodiy tizimlarning samaradorligini baholashda muhim ahamiyat kasb etmoqda. Filialdagi ushbu ezgu tashabbuslar, ta'lim jarayonini zamonaviy talablar va xalqaro standartlarga moslashtirishga qaratilgan bo‘lib, talabalarga nafaqat mahalliy, balki global miqyosda ham muvaffaqiyatlarga erishish uchun yangi va samarali imkoniyatlar yaratmoqda. Xalqaro hamkorlik, o‘quv jarayonida talabalarning ijodiy va ilmiy faoliyatini rivojlantirish, ularni zamonaviy ta'lim va innovasion g‘oyalar bilan tanishtirishga katta hissa qo‘shmoqda. Bu jarayon talabalarga zamonaviy bilim va ko‘nikmalarni egallash orqali ularni xalqaro arenada raqobatbardosh mutaxassislar sifatida shakllantirishga yordam beradi. Aygul Ismailova, filial atmosferasini va talabalarning ta'limga bo‘lgan intilishini yuqori baholadi. Uning fikricha, filial talabalari ta'limga qat'iy va mas'uliyatli yondashadi, ularning xalqaro miqyosdagi bilimlarga bo‘lgan qiziqishlari va innovasion g‘oyalarni ilgari surishga intilishlarini alohida e'tirof etib o‘tish mumkin. Shuningdek, uning ta'kidlashicha, filial bilan samarali hamkorlik aloqalarini o‘rnatish va o‘quv jarayonini takomillashtirish uchun hamma sharoitlar yaratilgan. Ushbu hamkorlik nafaqat oliy ta'lim standartlarini, balki talabalarning salohiyatini oshirishga ham qaratilgan. Qozog‘istonlik o‘qituvchi filialning talabalari va o‘qituvchilarining faoliyatini yuqori baholab, ular bilan hamkorlikda ishlashda katta mamnuniyat his qilganini alohida ta'kidladi.Axborot xizmati