Vazir o‘rinbosari filialdagi 400 o‘rinli yotoqxona qurilishini ko‘zdan kechirdi
15-yanvar kuni O‘zbekiston Respublikasi Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirining o‘rinbosari Sarvarxon Buzrukxonov Qoraqalpog‘iston Respublikasiga amaliy xizmat safari davomida Samarqand davlat veterinariya meditsinasi, chorvachilik va biotexnologiyalar universitetining Nukus filialidagi qurilish ishlari bilan yaqindan tanishdi.
Xususan, davlat-xususiy sheriklik asosida qurilayotgan, 400 o‘ringa mo‘ljallangan zamonaviy bino 6-qavatdan iborat bo‘lib, yotoqxonada 2 ta lift, ma’naviyat xonasi, dam olish va gigiyena xonalari, barcha zamonaviy qulayliklarga ega oshxona, wifi zona hamda kompyuter xonalar mavjud bo‘lishi rejalashtirilgan.
Uchrashuv yakunida S.Buzrukxonov turar joy qurilishi davomida talabalar uchun qulay sharoitlarni koʻpaytirish, issiqlik va elektr energiyasini uzliksizligini ta’minlash, obyektlarning talabalar uchun qulay bo‘lishi hamda ishlarni sifatli va o‘z vaqtida yakunlash yuzasidan mutasaddilarga zarur ko‘rsatmalar berdi.
Tashrif davomida vazir o‘rinbosari qurilishning barcha bosqichlari bilan tanishib, jadal olib borilayotgan ishlar sifatining muhimligini alohida ta'kidladi. U qurilishdagi texnologiyalar, materiallar va ishlarning sifatini baholab, binoning talaba yoshlar uchun qulay bo‘lishini ta'minlashga qaratilganiga e'tibor qaratdi.
Ushbu tashrif davomida qurilish ishlarining ishonchli va tezkor olib borilayotganligi ko‘zdan kechirildi. Ushbu loyiha filial uchun muhim qadamlardan biri hisoblanadi. Talabalar uchun zamonaviy turar joyi, ularning ta'lim olish va ijtimoiy faoliyatlarini rivojlantirishga qulayliklar yaratishni maqsad qilgan ushbu qurilish, talabalrga qulaylik yaratishni yachngi bosqichga ko‘tarishda muhim ahamiyatga ega.
Vazir o‘rinbosari binoning qurilishining to‘liq yakunlanishi talabalar uchun yanada yaxshiroq shart-sharoitlar yaratish, ularning ta'limga bo‘lgan qiziqishini oshirishga va bilimlarni samarali o‘zlashtirishga katta ta'sir ko‘rsatishini ta'kidladi.
скачать dle 12.1