O‘zbekiston Respublikasi Qurolli Kuchlari tashkil topganligining 33 yilligi munosib nishonlandi
2025-yil 14-yanvar kuni Samarqand davlat veterinariya meditsinasi, chorvachilik va biotexnologiyalar universitetining Nukus filialida O‘zbekiston Respublikasi Qurolli Kuchlari tashkil topganligining 33 yilligi va 14-yanvar – “Vatan himoyachilari kuni” munosabati bilan tadbir o‘tkazildi. Tadbirda O‘zbekiston Respublikasi Qurolli Kuchlari nuroniyi, nafaqadagi mayor A.Xojaniyazov, Nukus shahri qo‘riqlash bo‘limi xodimi D.Allamuratov, filial rahbariyati, o‘qituvchilar va talabalar ishtirok etishdi. Bayram tadbirida dastlab O‘zbekiston va Qoraqalpog‘iston Respublikalarining davlat madhiyalari yangradi. Filial direktori A.Esimbetov kirish so‘zi bilan tadbirni ochib berdi
Uchrashuvda tashrif buyurgan mehmonlar o‘zlarining uzoq yillik harbiy xizmatdagi va shaxsiy hayotdagi boy tajribalari bilan talabalarga qimmatli maslahatlar berib, o‘zlarining xizmatda to‘plagan bilim va ko‘nikmalarini yosh avlod bilan o‘rtoqlashdilar. A. Xojaniyozov o‘zining harbiy faoliyatidagi eng muhim voqealar, xizmatdagi qiyinchiliklar va ulardan qanday o‘tganligi haqidagi xotiralarini so‘zlab berdi. U yoshlarni vatanparvarlik ruhida tarbiyalash, harbiy xizmatga tayyor turish va Vatanga sodiq qolish kabi ahamiyatli qadriyatlarni o‘z hayotidan misollar bilan taqdim etdi. “Harbiy xizmat faqat jismoniy kuch va mahoratni emas, balki ichki kuch, iroda va shaxsiy halollikni talab qiladi”, deya ta’kidladi mayor. Uning so‘zlariga ko‘ra, Vatanga sodiqlik nafaqat harbiy sohada, balki kundalik hayotda ham har bir fuqaroning burchidir.
D. Allamuradov o‘zining qo‘riqlash sohasidagi tajribasini yoritib, yoshlarni xavfsizlikni ta’minlash va yurtni himoya qilishning muhimligini ta’kidladi. U shuningdek, harbiy xizmatga kirishdan avval har bir insonning ma'naviy va jismoniy tayyorgarligi, shuningdek, o‘zining ijtimoiy mas'uliyatini anglash zarurligini aytib o‘tdi. “Harbiy sohada yuqori ma'naviyat, qat'iyatlilik va Vatanga bo‘lgan chuqur muhabbat asosida muvaffaqiyatga erishiladi”, dedi u.
Ikkala mehmon ham yoshlarni o‘z hayotlarida harbiy sohadagi tajriba va qadriyatlarni namuna sifatida olishga chaqirdi. Ular, shuningdek, harbiy xizmatda yuqori ma'naviyat, halollik va kuchli iroda bilan ishlashning zarurligini ta’kidlashdi. Vatan himoyachilari sifatida ularga qarshi turgan barcha qiyinchiliklarni yengish, har bir vaziyatda to‘g‘ri qarorlar qabul qilish muhimligini aytib, yoshlarni Vatanga sodiqlik va mustahkam iroda bilan o‘z maqsadlariga erishishga undadilar.
Tadbir davomida sport musobaqalari ham tashkil etildi. «Mard yigitlar vatan tayanchi» mavzusida turli sport turlari bo‘yicha musobaqalar o‘tkazildi. Ularda talabalar turnikka tortilish, tosh ko‘tarish, arqon tortish va armrestling kabi sport turlarida kuchlarini sinab ko‘rishdi. Musobaqalar nihoyasida eng kuchli va mahoratli ishtirokchilar aniqlandi va ular rag‘batlantirildi. Taqdirlash marosimida g‘oliblarga esdalik sovg‘alari va diplomlar topshirildi.
Shu tarzda o‘tkazilgan tadbir nafaqat yoshlarni jismoniy tayyorgarlikda yaxshilashga, balki ularni vatanparvarlik ruhida tarbiyalashga qaratilgan edi. Uchrashuvda ishtirok etganlar o‘zlarining yurtga bo‘lgan muhabbatlarini, Vatan himoyasidagi mas'uliyatni yanada chuqurroq angladilar. Tadbirning o‘tkazilishi, ayniqsa, yosh avlodni yurtni sevish va unga xizmat qilish yo‘lida o‘z maqsadlariga erishishlariga turtki bo‘lishiga xizmat qiladi.
Shu bilan birga, O‘zbekiston Respublikasi Qurolli Kuchlarining tashkil topganligining 33 yilligini nishonlash, milliy armiyaning rivojlanishi va uning xavfsizligi uchun olib borilayotgan ishlar haqida talabalar va yoshlar uchun muhim ma'lumotlar berildi. Bu kabi tadbirlar, kelajakda ham, yoshlarni vatanparvarlik, jismoniy va ma'naviy mustahkamlik ruhida tarbiyalashda muhim ahamiyatga ega bo‘lib, ularning kelajakdagi faoliyatlarida yurtimizni yanada kuchli va barqaror qilishda o‘z o‘rnini topadi.
скачать dle 12.1