SAMARQAND DAVLAT VETERINARIYA MEDITSINASI, CHORVACHILIK VA BIOTEXNOLOGIYALAR UNIVERSITETI NUKUS FILIALI“Vatan himoyachilari kuni” munosabati bilan erta tongdan tadbir tashkil etildi » SAMARQAND VETERINARIYA MEDITSINASI INSTITUTI NUKUS FILIAL
SAMARQAND DAVLAT VETERINARIYA MEDITSINASI, CHORVACHILIK VA BIOTEXNOLOGIYALAR UNIVERSITETI NUKUS FILIALI
Telefon
+998 61 224 71 09
E-mail
samvminf@edu.uz
SamDVUNF » Yangliklar » “Vatan himoyachilari kuni” munosabati bilan erta tongdan tadbir tashkil etildi
“Vatan himoyachilari kuni” munosabati bilan erta tongdan tadbir tashkil etildi
“Vatan himoyachilari kuni” va O‘zbekiston Respublikasi Qurolli Kuchlari tashkil topganligining 33 yilligi munosabati bilan erta tongdan tadbir tashkil etildi Samarqand davlat veterinariya meditsinisi, chorvachilik va biotexnologiyalar universiteti Nukus filialida 14-yanvar – “Vatan himoyachilari kuni” va O‘zbekiston Respublikasi Qurolli Kuchlari tashkil topganligining 33 yilligi munosabati bilan erta tongdan tadbir tashkil etildi. Unda filial rahbariyati, professor-o‘qituvchilar hamda talaba-yoshlar qatnashdi. Bayram tadbirida dastlab O‘zbekiston va Qoraqalpog‘iston Respublikalarining davlat madhiyalari yangradi. Talaba-yoshlarga Vatanimiz tinchligi uchun shukrona keltirish, O‘zbekiston Respublikasi Qurolli Kuchlari hamda milliy armiyamiz saflarida xizmat qilayotgan mard o‘g‘lonlarimizga minnatdor bo‘lishimiz kerak ekanligi ta'kidlab o‘tildi.
Shuningdek, filialga erta tongda kelgan o‘qituvchilar, xodimlar va talaba yigitlar xotin-iqizlar jamoasi tomonidan bayramona tabriklar hamda samimiy qutlovlar bilan kutib olindi.
Bu esa o‘z navbatida kun qahramonlariga quvonch va xushkayfiyat bag‘ishladi. Qalblar g‘urur tuyib, g‘urur tuyib, haqiqiy bayram kayfiyati ulashdi.