Filial direktori barcha bo‘lim xodimlarini veb-sayt bo‘yicha berilgan topshiriqni bajarmagani uchun keskin tanqid qildi
Samarqand davlat veterinariya meditsinisi, chorvachilik va biotexnologiyalar universiteti Nukus filialida barcha bo‘lim xodimlari ishtirokida majlis bo‘lib o‘tdi. Filial direktori A.Esimbetov so‘zga chiqib, filialning rasmiy veb-saytini yangilash, yanada rivojlantirish bo‘yicha fikr va takliflarini bildirib o‘tdi. Har bir bo‘limga veb-saytga o‘zlariga tegishli ma'lumotlarni yangilash bo‘yicha topshiriq berilgani , lekin bunga loqaydlik bilan qaralganini keskin tanqid qildi. Axborot-texnologiyalari bo’limi boshlig‘i A.Jaksulikovga veb-saytni eng so‘nggi versiyada yangidan ishlab chiqish va hozirgi faoliyat yuritayotgan sayt dizaynini o‘zgartirish bo‘yicha berilgan topshiriqni o‘z vaqtida bajarmayotganligi haqida ogohlantirish berdi.
—Filialning rasmiy veb-sayti bu bizning ko‘zgu. Shunday ekan har biringiz bunga bee'tibor bo‘lmasligingizni talab qilaman—saytimizni yanada rivojlantirish, unga joylashtirilayotgan maqolalarning ko‘rishlar sonini ko‘paytirib borishga hissa qo‘shish, bunga talabalarni ham keng qamrab olish bo‘yicha takliflarni ilgari suring, men har qanday yaxshi tashabbusini qo‘llab-quvvatlayman — dedi A.Esimbetov. Ushbu masala bo‘yicha berilgan topshiriqlarga mas'uliyat bilan yondashishi shart ekanligini alohida ta'kidlab o‘tdi. Shundan so‘ng, Axborot xizmati rahbari Z.Xojamuratova so‘zga chiqib, barcha xodimlarni ushbu masalaga befarq bo‘lmaslikka chaqirdi, Axborot-texnologiyalari bo’limi boshlig‘i A.Jaksulikov berilgan vazifani o‘z vaqtida bajarmaganini qayd etib o‘tdi.
—Axborot xizmati rahbari faqatgina veb-saytdagi yangiliklar bo‘limiga javob beradi. Veb-sayt bu ijtimoiy tarmoq emas, universitetning rasmiy sayti va uning faoliyati asosan texnik jihatdan bo‘lganligi sabab bevosita Axborot-texnologiyalari bo’limi javobgar ekanligiga alohida urg‘u berib o‘tmoqchiman. Ayni paytda faoliyat olib borayotgan sayt versiyasi juda eski, tayyorlagan materiallarni joylab borishda qiyinchiliklarga duch kelmoqdaman. Shu bois veb-saytni yangi versiyada ishlab berishni taklif qilaman—dedi Z.Xojamuratova. O‘z navbatida A.Jaksulikov so‘z olib, filialning yangi rasmiy veb-saytini roppa-rosa 1 oy ichida tayyorlashga va'da berdi. Filial direktori 1 oydan so‘ng natija kutishini ta'kidladi. Shuningdek, tegishli mas'ullar 2 kun ichida o‘zlariga tegishli ma'lumotlarni AT bo‘limiga topshirishi va veb-saytga joylashtirilishi bo‘yicha topshiriq berildi. Yoshlar bilan ishlash, ma'naviyat va ma'rifat bo‘limiga barcha professor-o‘qituvchilar, xodimlar hamda talaba-yoshlarni rasmiy telegram kanal va ijtimoiy tarmoqlardagi barcha rasmiy sahifalarga a'zo bo‘lishini ta'minlash bo‘yicha topshiriq berdi. Barchangiz rasmiy veb-sayt hamda telegram kanallarni kuzatib borasiz deya ta'kidlab o‘tdi. U o‘z so‘zida ushbu topshiriqlarning natijasini muhokama qilishini aytib o‘tdi.
скачать dle 12.1