Filial jamoasiga yangi yilning ilhomlantiruvchi sovg‘alari topshirildi
Yangi yil arafasi kelganda, har birimizning qalbimizda o‘zgacha bir ishtiyoq va baxtiyorlik tug‘iladi. 2024-yilning o‘z yakuniga yetib borayotgan ayni shu fursatlarida, har birimiz yangi yilni kutib olishni, yaqinlarimizga samimiy tilaklar bildirishni orzu qilamiz. Samarqand davlat veterinariya meditsinasi, chorvachilik va biotexnologiyalar universiteti Nukus filialida ham yangi yil bayrami arafasida professor-o‘qituvchilar va xodimlarga bayram sovg‘alarini ulashish an'anaviy bo‘lib qolgan. Ushbu an'ana, har yili bayramni birgalikda nishonlash va jamoani rag‘batlantirishga xizmat qiladi.
2024-yilgi bayram tadbiri bugun ham mana shunday yuqori kayfiyatda tashkil etildi. Filial jamoasi bayramona kayfiyatda birgalikda yig‘ildi. Tadbir boshida filial direktori Adilbay Esimbetov so‘zga chiqib, yig‘ilganlarni kirib kelayotgan yangi yil bilan tabrikladi va barchaga samimiy tilaklarini bildirdi.
— Mana, yana bir yil yakunlanib bormoqda. 2024-yil albatta, bizning filial tarixida o‘ziga xos o‘rin tutadi. Ushbu yil bizning barcha sa'y-harakatlarimiz samarasini berdi, katta yutuqlarga erishdik va faol ishlashda yangi bosqichga o‘tdik — deyi A.Esimbetov — yil davomida biz o‘z maqsadlarimizga hamjihatlikda erishib, bir-birimizni qo‘llab-quvvatlash orqali katta muvaffaqiyatlarga erishdik. Bugun, yangi yilni kutib olish arafasida, hamjihatlikda amalga oshirgan ishlarimizni xotirlab, bu yilning qalbimizda yorqin va shirin esdaliklar qoldirganini ta'kidlab o‘tmoqchiman. Biz birgalikda olib borgan ishlarimiz, qo‘ygan rejalarga erishishdagi fidoyiligimiz, bir-birimizga bo‘lgan hurmat va hamkorlik bizning umumiy yutug‘imizni ta'minladi. Har bir xodimning mehnati, samimiyati va mas'uliyati tufayli biz yangi yutuqlarga erishdik va filialimizni yanada rivojlantirdik. Kelgusi yil bizga yanada ko‘proq yutuqlar, muvaffaqiyatlar va baxtiyorlik olib kelsin. Yangi yil barcha uchun omadli, sog‘lom va samarali o‘tishini tilayman. Tadbir davomida boshqalar ham so‘zga chiqib, o‘zlarining bayram tilaklarini bildirishdi. Bayram tadbiri davomida barcha professor-o‘qituvchilar hamda xodimlarga yangi yil sovg‘alari ulashildi, filial jamoasi bayramni birgalikda, samimiy va iliq kayfiyatda qarshi olish imkoniga ega bo‘ldi. Bundan tashqari, yil davomida faol mehnat qilgan va filialning rivojiga o‘z salmoqli hissasini qo‘shgan bir guruh fidoyi xodimlar, filial direktori tomonidan maxsus fahriy yorliq va diplomlar bilan taqdirlandi. Bu xodimlarning o‘z ishlariga bo‘lgan sadoqati, mas'uliyati va ijodiy yondashuvi alohida e'tirof etildi.
Shuningdek, Filial Kasaba uyushmasi qo‘mitasining tashabbusi bilan o‘tkazilgan sport musobaqalarida muvaffaqiyat qozongan professor-o‘qituvchilar va xodimlarga diplomlar va bayram sovg‘alari topshirildi. Musobaqalar orqali jamoaning birligi va sportga bo‘lgan qiziqishi yana bir bor tasdiqlandi, bu esa bayram kayfiyatini yanada ko‘tarib yubordi. Shunday qilib, butun filial jamoasiga haqiqiy bayram kayfiyati ulashildi. Yangi yilni kutib olish nafaqat yangi boshlanishlar, balki jamoaning birlashgan sa'y-harakatlari va kelajakdagi yuksak maqsadlar sari intilishning ramzi sifatida ham xizmat qiladi. Bayram davomida jamoa o‘rtasidagi mehr-oqibat, samimiyat va birdamlikni yanada mustahkamlashga erishildi, bu esa har bir xodimning kelajakdagi ishiga ijobiy ta'sir ko‘rsatadi.
Tadbir davomida O‘zbekiston va Qoraqalpog‘istonda xizmat ko‘rsatgan artist Maxset O‘temuratov, Qoraqalpog‘iston Respublikasiga xizmat ko‘rsatgan artist Alisher Allambergenov hamda estradamizning yorqin yulduzi Ilyas Baltabaevlar ijrosidagi bir-biridan sho‘x-kuy qo‘shiqlari yig‘ilganlarga haqiqiy bayram muhitini yaratib berdi. Barcha raqsga tushib xushkayfiyat ulashildi.




















Axborot xizmati
скачать dle 12.1