Filialdagi yosh tadqiqotchilarga zamonaviy ko‘nikmalar berilmoqda
O‘zbekiston Respublikasi veterinariya va chorvachilikni rivojlantirish qo‘mitasining rahbariyati doimo filial bilan yaqin hamkorlikda ishlashga alohida e'tibor qaratib kelmoqda. Filialda ilmiy-tadqiqot sifatini va jozibadorligini yanada oshirish, rivojlantirish va yosh tadqiqotchilarni qo‘llab-quvvatlash borasida amaliy yordam ko‘rsatish maqsadida bir qator ijobiy ishlarni amalga oshirib kelmoqda. Filialda olib borilayotgan ilmiy izlanishlar va tadqiqotlar bo‘yicha ilmiy rahbarlikni mustahkamlash, soha bo‘yicha zamonaviy ilmiy yutuqlarni yosh olimlarga yetkazish va ularni amaliy jihatdan qo‘llab-quvvatlash hamda o‘quv jarayonlarini yanada samarali tashkil etish uchun qo‘mita tomonidan zarur bo‘lgan barcha resurslar taqdim etilmoqda.
Shuningdek, qo‘mita rahbariyati yosh tadqiqotchilarga amaliy yordam ko‘rsatishda, ilmiy tadqiqotlar olib borilayotgan sohaga oid dolzarb masalalar bo‘yicha maslahatlar berish, zarur jihozlar va materiallar bilan ta'minlash, shuningdek, ilmiy ishlarni yanada yuqori darajada tashkil etish uchun muntazam ravishda yordam ko‘rsatib kelmoqda. Bu kabi hamkorliklar yosh olimlar va tadqiqotchilarning ilmiy faoliyatini yanada samarali qilishga xizmat qilmoqda va ular o‘zlarining ilmiy yo‘nalishlarini yanada rivojlantirish imkoniyatiga ega bo‘lmoqdalar. Yosh tadqiqotchilar haqida so‘z ketar ekan, qo‘mitaning Fan va ta'lim sohasini rivojlantirish boshqarmasi boshlig‘i, biologiya fanlari doktori, dotsent A.Safarov bu ishga keng jalb qilinib, filialdagi yosh tadqiqotchilar va magistrlarga ilmiy rahbarlik qilib, ularni ilmiy ishlar olib borishga undamoqda.
A.Safarov o‘zining ilmiy tajribasi va amaliy bilimlarini yosh tadqiqotchilar bilan baham ko‘rib, ularga ilm-fan sohasidagi eng so‘nggi yutuqlarni o‘rgatib kelmoqda.
Uning boshchiligidagi ilmiy jamoa va filial o‘rtasidagi samarali hamkorlik veterinariya va chorvachilik sohasini rivojlantirishda muhim omil bo‘lib xizmat qilmoqda. A.Safarov o‘zining ilmiy rahbarligi ostida, yosh tadqiqotchilarni zamonaviy ilmiy tadqiqotlar olib borishga yo‘naltirib, ularning ilmiy faoliyatlarini izchil rivojlantirishga alohida e'tibor bermoqda. Jumladan, shogirdi B.Kunisov bilan birgalikda “Qoraqalpog‘iston tuyalari (Camelus Linnaeus, 1758) parazitofaunasi” mavzusida mustaqil tadqiqot olib bormoqda. Ushbu tadqiqot Qoraqalpog‘iston hududida yashovchi tuyalarning sog‘lig‘ini va ularning parazitologik xususiyatlarini o‘rganish uchun muhim ilmiy asos yaratmoqda.
Bundan tashqari, A.Safarov 2-kurs magistranti J.Kushmatov bilan birgalikda Qoraqalpog‘iston hududida keng tarqalgan yirtqich hayvonlar paraziti bo‘lgan Echinococcus granulosus sestoda turi morfologik xususiyatlari va molekulyar-genetik tahlili bo‘yicha chuqur ilmiy izlanishlar olib bormoqda. Ushbu tadqiqot, o‘zining ilmiy ahamiyati bilan nafaqat yirtqich hayvonlar parazitizmi haqidagi bilimlarni boyitadi, balki molekulyar-genetik tahlil metodlarini qo‘llash orqali yangi ilmiy yutuqlarga erishishga imkon yaratadi.
A.Safarov o‘zining ilmiy rahbarligi ostida yosh tadqiqotchilarga ilmiy ishlarini to‘g‘ri yo‘naltirish, izlanishlar olib borishda aniq yo‘l-yo‘riqlar ko‘rsatish hamda ilmiy tajriba va amaliy bilimlarni uyg‘unlashtirish va o‘rgatishga alohida urg‘u bermoqda. Uning bu say-harakatlari yosh olimlarni ilm-fan sohasida yangi yutuqlarni qo‘lga kiritishga undaydi va mamlakatimizda veterinariya va chorvachilik sohasining rivojlanishiga katta hissa qo‘shadi deb o‘ylaymiz.
скачать dle 12.1