Filial direktori «O‘zbekiston Respublikasi veterinariya fidoyisi» ko‘krak nishoni bilan taqdirlandi
Joriy yilning 23-dekabr kuni Samarqand davlat veterinariya medisinasi, chorvachilik va biotexnologiyalar universiteti Nukus filialiga O‘zbekiston Respublikasi veterinariya va chorvachilikni rivojlantirish qo‘mitasi Fan va ta'lim sohasini rivojlantirish boshqarmasi boshlig‘i, biologiya fanlari doktori, dotsent A.Safarov amaliy tashrif bilan keldi.
Filialning majlislar zalida professor-o‘qituvchilar va xodimlar ishtirokida uchrashuv o‘tkazildi. Tadbirni o‘quv ishlari bo‘yicha direktor o‘rinbosari Q.Atanazarov kirish so‘zi bilan ochib berdi Shundan so‘ng, biologiya fanlari doktori, dotsent A.Safarov so‘zga chiqib, yig‘ilganlarni kirib kelayotgan yangi 2025-yil bilan samimiy tabriklab, o‘zining ezgu tilaklarini izhor etdi. U o‘z nutqida, filialning shu kunga qadar erishib kelayotgan yutuqlarini e'tirof etib, o‘quv va ilmiy yo‘nalishlardagi muvaffaqiyatlarini alohida ta'kidladi hamda qo‘mita rahbariyati filial jamoasini har doim qo‘llab-quvvatlashga, hamkorlikda ish olib borishga tayyor ekanligini ta'kidladi.
Shuningdek, qilinayotgan mehnatlarning samarasi o‘laroq yaqindagina filialda tahsil olayotgan 5 nafar talaba Prezident va nomdor stipendiya sohibiga aylanganligi yaxshigina xushxabar ekanligini ta'kidlab, o‘z tabrigini bildirdi.
Tadbirda A.Safarov, sohaga qo‘shib kelayotgan katta hissasi va yosh kadrlarni tarbiyalashdagi fidoyi mehnati uchun O‘zbekiston Respublikasi veterinariya va chorvachilikni rivojlantirish qo‘mitasi raisi Norqobilov Bahrom To‘raevichning
2024 yili 19-noyabrdagi burug‘ig‘a asosan filial direktori, biologiya fanlari doktori, professor Adilbay Esimbetovga «O‘zbekiston Respublikasi veterinariya fidoyisi» ko‘krak nishonini tantanali ravishda topshirdi. Professor-o‘qituvchilar so‘zga chiqib, professorni erishgan ushbu yutug‘i bilan qutlab, kelgusi faoliyatida zafarlar tiladi. Tabrik izhorlaridan so‘ng qahramonimiz so‘zga chiqib, avvalambor, O‘zbekiston Respublikasi Veterinariya va chorvachilikni rivojlantirish davlat qo‘mitasi raisi Norqobilov Bahrom To‘raevichga hamda qo‘mita rahbariyatiga ko‘rsatilgan hurmat va ehtirom uchun chuqur minnatdorchilik izhor etib o‘tdi. —Ushbu mukofat nafaqat mening yutug‘im, balkim professor-o‘qituvchilar butun filialning mehnat jamoasi hamjihatlikda qo‘lga kiritgan mukofatidir—deydi professor A.Esimbetov —katta mamnuniyat ila qo‘mita rahbariyatiga tashakkurimni izhor etaman. Samimiy quvonch bilan birga, endilikda yelkamga ulug‘vor mas'uliya yukini ortib, ko‘ksimdagi mukofatga
loyiq bo‘lishga astoyidil intilaman. Albatta, bunda sizlar menga qo‘lqanot bo‘lasiz.
O‘z o‘rnida hurmatli Adilbay Tlepovichni butun filial jamoasi nomidan «O‘zbekiston Respublikasi veterinariya fidoyisi» ko‘krak nishoni bilan taqdirlanganingiz bilan chin dildan muborakbod etamiz. Ushbu mukofat sizning veterinariya va chorvachilik sohasidagi fidoyilik va samarali mehnatingizga berilgan e'tiborning ifodasidir.
Sizning rahbarligingizda filial ijobiy yutuqlarga erishib kelmoqda. O‘z mehnatingiz bilan soha bo‘yicha yetuk kadrlarni tayyorlashda ezgu hissa qo‘shib kelmoqdasiz Bu ko‘kran nishoni sohadagi o‘rgangan tajribalaringizning natijasi va yosh kadrlarni tarbiyalashdagi fidoyilik vazifalaringizning e'tirofidir.
Sizga kelgusida ham yangi yutuqlar, ilmiy izlanishlardagi muvaffaqiyatlar, vatanimizga halol xizmat qilishda shijoat, katta ijobiy natijalar tilaymiz.
скачать dle 12.1