SAMARQAND DAVLAT VETERINARIYA MEDITSINASI, CHORVACHILIK VA BIOTEXNOLOGIYALAR UNIVERSITETI NUKUS FILIALI“Yong‘in xavfsizligi oyligi” doirasida ochiq muloqot o‘tkazildi » SAMARQAND VETERINARIYA MEDITSINASI INSTITUTI NUKUS FILIAL
SAMARQAND DAVLAT VETERINARIYA MEDITSINASI, CHORVACHILIK VA BIOTEXNOLOGIYALAR UNIVERSITETI NUKUS FILIALI
Telefon
+998 61 224 71 09
E-mail
samvminf@edu.uz
SamDVUNF » Yangliklar » “Yong‘in xavfsizligi oyligi” doirasida ochiq muloqot o‘tkazildi
“Yong‘in xavfsizligi oyligi” doirasida ochiq muloqot o‘tkazildi
Ma'lumki, joriy yilning 15 noyabridan 15 dekabrigacha respublikamizda “Yong‘in xavfsizligi oyligi” o‘tkazilmoqda. Shu munosabat bilan, Samarqand davlat veterinariya meditsinasi, chorvachilik va biotexnologiyalar universitetining Nukus filialida yong‘in xavfsizligi va is gazidan zaharlanishning oldini olish, yong‘indan himoyalanish va sodir bo‘lishi mumkin bo‘lgan favqulodda vaziyatlarning oldini olish bo‘yicha ochiq muloqot o‘tkazildi. Tadbirda Nukus shahar Favqulodda vaziyatlar bo‘limi xodimi, kapitan J.Turaev, Profilaktika inspektori, kapitan Q.Qayipnazarov va Yoshlar bilan ishlash, ma'naviyat va ma'rifat bo‘limi boshlig‘i B.Paluaniyyazov hamda talaba-yoshlar ishtirok etishdi. Mutaxassislar ochiq muloqot davomida ishtirokchilariga yong‘in xavfsizligini ta'minlash va favqulodda vaziyatlarda amal qilish bo‘yicha qo‘llanmalarni taqdim etishdi. Olib borilgan muloqot davomida yoshlarga yong‘inlardan muhofaza qilish, is gazidan zaxarlanishning oldini olish va favqulodda vaziyatlarda to‘g‘ri harakat qilish bo‘yicha atroflicha tushunchalar berildi. Shuningdek, yoshlar o‘z xavfsizliklari va boshqalarning xavfsizligini ta'minlashga oid muhim ko‘rsatmalar oldilar. Ushbu ochiq muloqot davomida talabalarga har qanday favqulodda vaziyatlarga tayyor turish, xavfsizlik qoidalariga amal qilish va o‘z jamoatlari uchun javobgarlikni his qilishni o‘rgatishga qaratilgan. Tadbir qatnashchilari uchun mazkur mavzular bo‘yicha savol-javob sessiyasi o‘tkazildi va talabalarga aniq tushuntirishlar berildi. Axborot xizmati