Bugun, 10-dekabr kuni — O‘zbekiston Respublikasi Davlat Madhiyasi qabul qilingan kun
Bugun, 10-dekabr kuni, O‘zbekiston Respublikasi Davlat Madhiyasining qabul qilingan kuni. Ushbu muhim sanani munosib nishonlash maqsadida Samarqand davlat veterinariya meditsinasi, chorvachilik va biotexnologiyalar universiteti Nukus filialida ertalabki tadbir tashkil etdi. Tadbirda filial rahbariyati, professor-o‘qituvchilar hamda talaba-yoshlar birgalikda jo‘r bo‘lib madhiyani jonli ijro etishdi.
Bu tadbir orqali yoshlar o‘z Vataniga, uning ramzlariga bo‘lgan hurmat va ehtiromni yanada mustahkamlashga, uning tarixi va madaniy merosini yanada chuqurroq o‘rganishga chaqirildi. Tadbir davomida davlat madhiyasining mazmuni, uning tarixiy ahamiyati va mamlakatimizdagi o‘zgarishlar bilan bog‘liq muhim voqealar haqida so‘zlab berildi. Filial rahbariyati va o‘qituvchilar tomonidan talaba-yoshlarga Vatan, millat va istiqlol g‘oyalarining ahamiyatini tushuntirishga alohida e’tibor qaratildi.
Shuningdek, yoshlarni o‘z mamlakatiga bo‘lgan mehr-muhabbatini, o‘ziga bo‘lgan ishonchini yanada oshirishga undandi. Tadbir yurtimizning mustaqilligi va uning ramzlariga bo‘lgan muhabbatni har tomonlama keng targ‘ib etishga xizmat qildi. O‘zbekiston Respublikasining Davlat Madhiyasi, o‘z navbatida, har bir fuqaroning qalbida mustaqillik, birlik va yurtimizni rivojlantirish uchun kuchli ruhni uyg‘otishga xizmat qilmoqda. Bu kabi tadbirlar yoshlarga O‘zbekistonning kelajagini qurishda faol ishtirok etish uchun kuch va ilhom beradi. Shuningdek tadbir har bir o‘quv xonasida ham davom etdi. Dars boshlanmasidan avval o‘qituvchilar va talaba-yoshlar madhiyani jo‘rlikda ijro etishdi.
скачать dle 12.1