"Xalqaro korrupsiyaga qarshi kurashish kuni" munosabati bilan “Ochiq eshiklar kuni” tadbiri o‘tkazildi
Samarqand davlat veterinariya medisinasi, chorvachilik va biotexnologiyalar universiteti Nukus filialida "Xalqaro korrupsiyaga qarshi kurashish kuni" munosabati bilan “Ochiq eshiklar kuni” tadbiri o‘tkazildi. Tadbirning maqsadi – yoshlarning korrupsiyaga qarshi ko‘zqarashini shakllantirish va ularni bu juda muhim masala bo‘yicha xabardor qilishdan iborat bo‘ldi.
Tadbirni filialning o‘quv ishlari bo‘yicha direktor o‘rinbosari Q.Atanazarov ochib berdi. Shu bilan birga, Qoraqalpog‘iston Respublikasi Oliy ta'lim, fan va innovasiyalar vazirligi hududiy boshqarmasi Korrupsiyaga qarshi kurashish Komplaens-nazorat” tizimini boshqarish bo‘limi boshlig‘i M.Kaliev, Axborot xizmati rahbari Z.Xojamuratova, filial profilaktika inspektori Kapitan Q.Qayipnazarov va korrupsiyaga qarshi kurashish “Komplaens nazorat” tizimini boshqarish bo‘limi bosh mutaxassisi T.Smaylov so‘zga chiqdi. Ular o‘z nutqlarida korrupsiyaga qarshi kurashishning ahamiyatini, korrupsiyaning ta'lim sohasidagi salbiy ta'sirini va uning taralishini oldini olish uchun yoshlarning huquqiy savodxonligini oshirishning muhimligini alohida ta'kidladi. Shuningdek, korrupsiyaga qarshi kurashishda har bir shaxsning javobgarligini va mas'uliyatini ko‘rsatib, yoshlarning huquqiy va axloqiy qadriyatlariga asoslangan yoshlar harakatini rag‘batlantirish zarurligini bildirdi. T.Smaylov, o‘z navbatida, korrupsiyaga qarshi kurashishda “Komplaens nazorat” tizimining ahamiyatini ta'kidlab, bu yo‘nalishdagi ishlarning samaradorligini oshirish uchun ta'lim muassasalari va davlat organlari o‘rtasidagi hamkorlikning zarurligini yanada mustahkamlash talab etilishini aytib o‘tdi.
U korrupsiyaga qarshi kurashishda yoshlar faoliyatini o‘rganish va ularga qo‘llab-quvvatlash ko‘rsatishning muhimligini alohida qayd etdi. Filialda olib borilayotgan profilaktika ishlari va korrupsiyaga qarshi kurashishga qaratilgan tadbirlarning ahamiyatiga e'tibor qaratdi. U yoshlar orasida korrupsiyaga qarshi ma'naviy va huquqiy tushunchalarni targ‘ib qilish, shu bilan birga, ularni o‘z huquqlarini himoya qilishga undash muhim ekanligini ham ta'kidlab o‘tdi.
Tadbir doirasida filialda 9-dekabr “Xalqaro korrupsiyaga qarshi kurashish kuni” munosabati bilan «Antikorrupsiya haftaligi» doirasida o‘tkazilgan bir qator tadbir va tanlovlar g‘oliblarini tantanali taqdirlash marosimi o‘tkazildi. Jumladan, “Korrupsiyadan holi ta'lim muassasasi” mavzusidagi “Eng yaxshi videoroliklar tanlovi”, “Yoshlar korrupsiyaga yo‘q deydi” mavzusidagi “Eng yaxshi rasmlar tanlovi”,“Korrupsiyasiz soha” mavzusidagi “Eng yaxshi insholar tanlovi”, “Antikorrupsiya bilimdoni” mavzusida bilimlar bellashuvi va “Antikorrupsiya bilimdoni” mavzusidagi «Zakovat» intellektual o‘yinlarida jamoaviy va yakka tarzda faol ishtirok etib, fahrli o‘rinlarni egallaganlarga diplom va qimmatbaho sovg‘alar tantanali ravishda topshirildi.
Tadbirning o‘tkazilishi talabalarning korrupsiyaga qarshi kurashish bo‘yicha bilim va hushyorligini oshirishga, shuningdek, yoshlarning ijodiy faoliyatini rag‘batlantirishga xizmat qildi.
Bu kabi tadbirlar yoshlar orasida ahamiyatli ko‘nikmalarni shakllantirish va yosh avlodni korrupsiyaga qarshi ma'naviy himoya qilishning muhim vositasidir.
Axborot xizmatiскачать dle 12.1