Yosh chorvadorlar quyon nasllari haqida amaliy bilimlarga ega bo‘lishdi
Samarqand davlat veterinariya meditsinasi, chorvachilik va biotexnologiyalar universiteti Nukus filiali «Zooinjeneriya» kafedrasi tomonidan «Yosh chorvadorlar» to‘garagi a'zolari uchun "O‘zbekiston Respublikasida ko‘paytirilayotgan quyon nasllari" mavzusida dars mashg‘ulotlari tashkil etildi.
Ushbu dars mashg‘ulotlari orqali talabalarga quyonchilikning ahamiyati, shuningdek, mamlakatimizda oziqlantirilayotgan quyon nasllari haqida keng tushunchalar berildi. Darsni kafedra assistenti Q.Sarsenbaev olib bordi. Unga ko‘ra, quyonchilik sohasi O‘zbekistonda muhim tarmoqlardan biri bo‘lib, aholi uchun yaxshi daromad olib keladigan manba bo‘lib xizmat qiladi. Quyonlar tez ko‘payadigan, oziqlantirish va parvarish qilishda ortiqcha xarajat talab qilmaydigan va yaxshi daromad beruvchi hayvonlardan hisoblanadi. Shuningdek, ularning unumdorligi va iqtisodiy ahamiyati haqida ma'lumotlar berildi.
Talabalarga iqlimimizga mos quyon nasllari haqida ham ma'lumotlar berildi. Shuningdek, darsda amaliy ko‘rgazma tashkil qilindi. Talabalarga quyonlarning turli xil parodalari va ularni parvarish qilish jarayoni ko‘rsatildi, bu esa talaba-yoshlarning ilmiy va amaliy bilimlarini oshirishga xizmat qildi.
Dars davomida faol ishtirok etgan talabalar maxsus maqtov yorliqlari bilan taqdirlandi. Bu talabalarning intilish va faolligini yanada qo‘llab-quvvatlashga va ularni quyonchilik sohasidagi kelajakdagi ish faoliyatlariga ilhomlantirishga xizmat qiladi. Mazkur tadbir yoshlarning quyonchilikka bo‘lgan qiziqishini oshirish, ularga bu sohadagi muhim ma'lumotlarni berish va ularning bilimlarini amaliyotga tatbiq etishga yo‘naltirilgan.
скачать dle 12.1