Filialda Qoraqalpoq tiliga davlat tili maqomi berilganining 35 yilligi nishonlandi
Samarqand davlat veterinariya meditsinasi, chorvachilik va biotexnologiyalar universiteti Nukus filialida Qoraqalpoq tiliga davlat tili maqomi berilganining 35 yilligiga bag‘ishlangan “Qadring baland bo‘lsin, ona tilim” shiori ostida bayram tadbiri o‘tkazildi. Tadbirda Qoraqalpog‘iston xalq yozuvchisi, filologiya fanlari nomzodi A.Abdiyev, Qoraqalpog‘iston Respublikasiga mehnati singan madaniyat xodimi, taniqli shoir A.Otepbergenov, filial professor-o‘qituvchilari va talaba-yoshlari ishtirok etishdi. O‘quv ishlari bo‘yicha direktor o‘rinbosari Q.Atanazarov tadbir boshida so‘z olib, Qoraqalpoq tiliga davlat tili maqomi berilganiga 35 yil to‘lishi munosabati bilan yig‘ilganlarni samimiy tabriklab o‘tdi.
U o‘z nutqida qoraqalpoq tilining davlat tili sifatidagi maqomining tarixiy ahamiyatiga alohida urg‘u berib, bu voqea xalqimizning o‘zligini anglashi, milliy qadriyatlarimiz va merosimizni asrash, uni kelajak avlodlarga yetkazish yo‘lidagi muhim qadam bo‘lganligi haqida so‘z yuritdi.
Tadbir davomida so‘zga chiqqanlar Qoraqalpoq tilining davlat tili sifatidagi maqomini e'tirof etish, uning millatimiz uchun katta ahamiyat kasb etishini ta'kidladi. Shuningdek, ular tilning o‘zligi, uning yoshlar va umumiy jamiyat hayotidagi rolini yanada kuchaytirish, tilni himoya qilish va uning rivojlanishini ta'minlash zaruriyati haqida to‘xtalib o‘tishdi.
—Qoraqalpoq tili — nafaqat o‘tmishning, balki kelajakning tildir. Bu til orqali xalqimizning ma'naviy va madaniy merosi asrab qolinadi—deydi Qoraqalpog‘iston xalq yozuvchisi, filologiya fanlari nomzodi A.Abdiyev. Talaba-yoshlarga Ona tilimiz xalqimizning o‘tgan asrlar davomidagi g‘oyalari, qadriyatlari va madaniy merosini o‘z ichiga olib, ularni kelajak avlodlarga yetkazish uchun muhim vosita bo‘lib xizmat qilishi, tilimiz xalqimizning yuksak ma'naviy qadriyatlari va madaniy boyligini saqlash bilan birga, uning kelajakdagi rivoji uchun mustahkam asos yaratishi haqida tushunchalar berib o‘tildi. Shuningdek, tadbir ishtirokchilariga Qoraqalpoq tili tarixi haqida qiziqarli faktlar taqdim etildi.
Talaba-yoshlar bilan birgalikda Qoraqalpoq tilining ahamiyati, uning zamonaviy sharoitidagi rivojlanish yo‘nalishlari va istiqbollari haqida qizg‘in fikr-mulohozalar bildirildi. Tadbirning badiiy qismida talabalar tomonidan konsert dasturi namoyish etildi. Iqtidorli yoshlar ulug‘ shoir va yozuvchilarimizning Ona tilimizga bag‘ishlab yaratgan asarlaridan parchalar keltirishdi va kuy-qo‘shiqlarni ijro etishdi.
Axborot xizmatiскачать dle 12.1