TTJ talabalari “Zakovat Quiz” dabellashdi
Axborot-resurs markazi bo‘limi tomonidan yotoqxonada istiqomat qiluvchi talaba-yoshlar orasida ularning bo‘sh vaqtni mazmunli va foydali o‘tkazish maqsadida “Zakovat Quiz” intellektual o‘yini tashkil etildi. —Ushbu o‘yin yoshlarning aqliy va mantiqiy qiziqishlarini rivojlantirish, ularni yangi bilimlarga ega bo‘lishga rag‘batlantirish, shuningdek, jamoaviy ishlash va raqobatdagi o‘rganish qobiliyatlarini oshirishga qaratilgan tadbir bo‘ldi—deydi kutubxonachi R.Bekmuratova.
Shuningdek, bunday intellektual o‘yinlar yoshlar o‘rtasida sog‘lom raqobatni va bir-birini qo‘llab-quvvatlash madaniyatini shakllantirishga ham xizmat qiladi. “Zakovat Quiz” o‘yinida ishtirok etgan talaba-yoshlar nafaqat yangi ma'lumotlar olishdi, balki turli mavzulardagi savollar orqali o‘zaro bilim almashish imkoniyatiga ega bo‘lishdi.
“Zakovat Quiz” intellektual o‘yini qiziqarli savollar bilan boyitildi. Yoshlar turli mavzulardagi savollarga javob berish uchun jamoalarga bo‘lindi. Har bir jamoa o‘zining bilimi va mantiqiy fikrlash qobiliyatlarini ishga solib, o‘yinda yuqori natijalarga erishishga intilishdi. Tadbirning asosiy maqsadi - yoshlar orasida sog‘lom raqobat muhitini yaratish va ularni ijodiy fikrlashga undash bo‘ldi.
O‘yin yakunida g‘olib jamoalar maxsus diplomlar bilan taqdirlandi.
O‘yin natijalari quyidagicha:
1 —o‘rin —203-guruh talabalaridan tashkil “Diamond” jamoasi;
2 —o‘rin —208-guruh talabalarining «Asset» jamoasi;
3—o‘rin —texnikum o‘quvchilarining «Liderlar» jamoasi;
“Zakovat Quiz” intellektual o‘yini yoshlarning intellektual salohiyatini oshirishga, ularni yangi bilimlar bilan ta'minlashga, shuningdek, ijodiy va jamoaviy ishlash ko‘nikmalarini rivojlantirishga xizmat qildi. Axborot-resurs markazi bo‘limi tomonidan tashkil etilgan bu kabi tadbirlar yoshlarning faolligini, ularning bo‘sh vaqtlarini mazmunli o‘tkazishni ta'minlash va kelajakdagi yangi g‘oyalar uchun turtki bo‘lishga asos bo‘ladi.
скачать dle 12.1