Ishchi guruh tomonidan filialdagi sharoitlar o‘rganildi
Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligi tomonidan tashkil etilgan ishchi guruh Samarqand davlat veterinariya meditsinasi, chorvachilik va biotexnologiyalar universitetining Nukus filialiga tashrif buyurdi. Ushbu tashrifning asosiy maqsadi universitetning joriy faoliyatini o‘rganish va mavjud sharoitlari bilan tanishish bo‘ldi Ishchi guruh filialda o‘quv xonalari, laboratoriyalar, vivariy va boshqa muhim inshootlar bilan tanishdi, ularning zamonaviy talablar darajasida ekanligini tekshirib, bir qator tavsiyalar berib o‘tdi.
Ishchi guruh filialning o‘quv jarayoni bilan yaqindan tanishdi. Ular o‘quv xonalari va auditoriyalarning qulayligi, o‘quv-uslubiy bazaning to‘liqligi, talabalarning amaliy ko‘nikmalarini rivojlantirish uchun zarur bo‘lgan sharoitlarni o‘rgandi.
Ishchi guruh talabalar uchun yaratilgan qulay o‘quv muhitini ko‘zdan kechirdi, o‘quv jarayoni va mavjud sharoitlarni batafsil o‘rganib, filialning joriy faoliyatini ijobiy baholadi. Tashrif davomida ular o‘quv xonalari, laboratoriyalar bilan tanishib, ularning zamonaviy talablar darajasida ekanligini tekshirib, o‘rganib ketdilar. Shuningdek, ular talabalar uchun amaliy ko‘nikmalarni rivojlantirishga yo‘naltirilgan sharoitlarni o‘rganib, umumiy faoliyatga oid fikr va mulohazalarini bildirdilar.
скачать dle 12.1