«Yosh bioximiklar» to‘garagi a'zolarining bilimlari zamonaviy ko‘nikmalar bilan mustahkamlanmoqda
«Veterinariya diagnostikasi va oziq-ovqat xavfsizligi» kafedrasida «Yosh bioximiklar» to‘garagi a'zolari uchun qiziqarli va bilimga boy dars mashg‘uloti tashkil etildi. Kafedraning assistent-o‘qituvchisi B.Muratbayeva tomonidan «Ozuqani kompleks boyituvchilar» mavzusida o‘tkazilgan dars talabalar uchun katta ahamiyatga ega bo‘ldi. Mashg‘ulotlar davomida talabalarga oziq-ovqatni boyitish, undagi foydali komponentlarning ahamiyati va inson salomatligiga bo‘lgan ta'siri haqida keng tushunchalar berildi.
Olib borilgan to‘garak davomida talabalarga oziq-ovqatni boyitishning turli usullari, uning samaradorligi va organizmga bo‘lgan ta'siri haqida ham ma'lumotlar berildi. Asosan vitaminlar, minerallar va kompleks boyituvchilar haqida ko‘proq ma'lumotldar berildi. Vitaminlar va minerallar odam organizmi uchun muhim rol o‘ynashi, vitaminlar turli xil bioximik jarayonlarda ishtirok etib, organizmning barqaror ishlashini ta'minlashi, minerallar esa, suyaklar va tishlarning sog‘lom bo‘lishi, qon hajmining normal holda bo‘lishi va turli biologik reaksiyalarning amalga oshishida muhim ekanligi ta'kidlab o‘tildi.
B.Muratbayeva tomonidan o‘tkazilgan dars interaktiv usulda tashkil etildi. Shuningdek, dars davomida talabalar oziq-ovqat mahsuloti bo‘lgan guruchni mikroskop orqali tekshirib ko‘rishdi. Bu amaliy mashg‘ulot orqali ular mikroskopdan foydalanish va oziq-ovqat mahsulotlarining strukturasini aniqlash bo‘yicha ko‘nikmalarga ega bo‘lishdi. Talabalarning nazariy bilimlarini amaliy tekshirish va laboratoriya shart-sharoitlarida ishlash qobiliyatlari mustahkamlandi. Dars davomida talabalar turli savollarga javob berish, qiziqarli o‘yinlarda qatnashish va o‘zaro fikr almashish orqali bilimlarini mustahkamladilar. Bu mashg‘ulotlar talabalarning tahlil qilish, o‘zlashtirish va amaliyotda qo‘llash qobiliyatlarini yanada rivojlantirishga yordam berdi.
Darsning interaktiv formati orqali talabalarning e'tibori yanada mustahkamladi, shuningdek, ishtirokchilar krossvord yechish orqali mavzuga oid muhim ma'lumotlarni eslab o‘tdilar. Tashkil etilgan dars davomida talabalar mavzu bo‘yicha nazariy bilimlarini chuqurlashtirib, ularni hayotda samarali qo‘llash uchun zarur bo‘lgan amaliy ko‘nikmalarga ega bo‘ldilar. Bu dars yosh avlodning bioximiya va oziq-ovqat xavfsizligi sohasidagi bilimlarini yanada oshirishga, ularni kelajakdagi ish faoliyatlariga tayyorlashga yordam beradi. —Shu kabi to‘garaklar talabalar uchun foydali o‘quv tajribasi bo‘lib xizmat qiladi—deydi kafedra mudiri R.Rzaev —bundan tashqari, bunday formatda olib borilgan dars mashg‘ulotlari talabalarning o‘qishga bo‘lgan qiziqishini yanada oshirishga, o‘qituvchilar bilan hamkorlikda ijodiy fikrlashga undaydi.
Axborot xizmatiскачать dle 12.1