SAMARQAND DAVLAT VETERINARIYA MEDITSINASI, CHORVACHILIK VA BIOTEXNOLOGIYALAR UNIVERSITETI NUKUS FILIALI“Yashil makon” loyihasida filial jamoasi va talabalari faol ishtirok etdi » SAMARQAND VETERINARIYA MEDITSINASI INSTITUTI NUKUS FILIAL
SAMARQAND DAVLAT VETERINARIYA MEDITSINASI, CHORVACHILIK VA BIOTEXNOLOGIYALAR UNIVERSITETI NUKUS FILIALI
Telefon
+998 61 224 71 09
E-mail
samvminf@edu.uz
SamDVUNF » Yangliklar » “Yashil makon” loyihasida filial jamoasi va talabalari faol ishtirok etdi
“Yashil makon” loyihasida filial jamoasi va talabalari faol ishtirok etdi
Bugun, 23-noyabr kuni Muhtaram Prezidentimiz Shavkat Mirziyoyev tomonidan start berilgan “Yashil makon” ulmummilliy loyihasi doirasida Respublika miqyosida tadbirlar amalga oshirildi.
Loyiha ekologik o‘ziga xos tashabbus bo‘lib, yashil maydonlarni kengaytirish, ekologik ongni oshirish va kelajak avlodlarga sog‘lom muhit qoldirishni maqsad qilgan. Samarqand davlat veterinariya meditsinasi, chorvachilik va biotexnologiyalar universiteti Nukus filiali jamoasi va talaba-yoshlari ham ushbu muhim tadbirda faol ishtirok etib, ajratilgan yer maydonlariga daraxt ko‘chatlarini o‘tqazish ishlarini amalga oshirdi. Bu tadbir ekologik ahamiyatga ega bo‘lib, har birimizga yashil makonlarni saqlash va ularni kengaytirishga o‘z hissamizni qo‘shish imkonini beradi. Filial jamoasi va talabalar bu jarayonda o‘zlarining faolligini namoyish etib, ezgu ishga o‘z hissalarini qo‘shdilar. -Ushbu tadbirda uyushqoqlik bilan ishtirok etdik-deydi tyutor J.Mambetniyazov-Talaba-yoshlarning jamoaviy ishlash qobiliyatlari va atrof-muhitga bo‘lgan mas'uliyatli munosabatini ko‘rib xursand bo‘ldik. Shu kabi tadbirlar yoshlarning ekologik ongini oshirishda katta ahamiyatga ega deb o‘ylayman.