SAMARQAND DAVLAT VETERINARIYA MEDITSINASI, CHORVACHILIK VA BIOTEXNOLOGIYALAR UNIVERSITETI NUKUS FILIALIAmaliy tajribalar orqali talabalarning kasbiy ko‘nikmalari shakllanmoqda » SAMARQAND VETERINARIYA MEDITSINASI INSTITUTI NUKUS FILIAL
SAMARQAND DAVLAT VETERINARIYA MEDITSINASI, CHORVACHILIK VA BIOTEXNOLOGIYALAR UNIVERSITETI NUKUS FILIALI
Telefon
+998 61 224 71 09
E-mail
samvminf@edu.uz
SamDVUNF » Yangliklar » Amaliy tajribalar orqali talabalarning kasbiy ko‘nikmalari shakllanmoqda
Amaliy tajribalar orqali talabalarning kasbiy ko‘nikmalari shakllanmoqda
Samarqand davlat veterinariya meditsinasi, chorvachilik va biotexnologiyalar universiteti Nukus filiali “Veterinariya meditsinasi va farmakologiyasi" kafedrasining assistent-o‘qituvchilari A.Ruziyev va F.Muxtarov 4-bosqich 404 va 405-guruh talabalari ishtirokida Qoraqalpog‘iston Respublikasi Nukus shahrida Milliy gvardiyaga qarashli yilqichlik fermasida amaliy mashg‘ulotlarni olib bordi. Yirik shoxli mollar ortopediyasi va oftolmologiyasi fanidan o‘tkazilgan amaliy dars davomida talabalar, yirik shoxli mollar tuyoqlarini tozalash va qirqish hamda toq tuyoqli hayvonlarni taqalash bo‘yicha o‘z ko‘nikmalarini shakllantirdilar. Ushbu mashg‘ulotlar jarayonida talabalar veterinar tibbiyot amaliyotiga oid zaruriy ko‘nikmalarni egallab, o‘z kasbiy malakalarini oshirdilar. Yirik shoxli mollar va otlar bilan ishlashda tuyoq salomatligi va unga oid muammolarni aniqlashda veterinariya mutaxassislarining roli muhimligini tushundilar. Mashg‘ulotlar, nafaqat talabalarga amaliy tajriba olish imkonini berdi, balki ularning veterinariya tibbiyotiga bo‘lgan qiziqishlarini oshirdi. Bu kabi amaliy mashg‘ulotlar talabalar uchun kelajakdagi kasbiy faoliyatida zaruriy bilim va ko‘nikmalarni rivojlantirishda muhim o‘rin tutadi. Yirik shoxli mollar va otlarni parvarishlashda, ularning salomatligini saqlashda veterinariya mutaxassislarining tajribasi va bilimlari juda katta ahamiyatga ega. O‘tkazilgan mashg‘ulotlar, talabalar uchun yangi bilimlarni o‘zlashtirish va veterinariya sohasida amaliy tajriba orttirishning muhim bir qismi bo‘ldi. Bu esa ularning kelajakda veterinariya sohasida muvaffaqiyatli faoliyat yuritishlari uchun mustahkam poydevor bo‘lib xizmat qiladi.