SAMARQAND DAVLAT VETERINARIYA MEDITSINASI, CHORVACHILIK VA BIOTEXNOLOGIYALAR UNIVERSITETI NUKUS FILIALIFilial yosh doktorantlarining tanlovdagi faol ishtiroki: Yangicha, zamonaviy yondashuvlar » SAMARQAND VETERINARIYA MEDITSINASI INSTITUTI NUKUS FILIAL
SAMARQAND DAVLAT VETERINARIYA MEDITSINASI, CHORVACHILIK VA BIOTEXNOLOGIYALAR UNIVERSITETI NUKUS FILIALI
Telefon
+998 61 224 71 09
E-mail
samvminf@edu.uz
SamDVUNF » Yangliklar » Filial yosh doktorantlarining tanlovdagi faol ishtiroki: Yangicha, zamonaviy yondashuvlar
Filial yosh doktorantlarining tanlovdagi faol ishtiroki: Yangicha, zamonaviy yondashuvlar
Bugun, 20-noyabr kuni Toshkent davlat agrar universitetida "Agroinnovatsiya va yoshlar" koʻrik-tanlovi bo‘lib o‘tdi. Qishloq xo’jaligi vaziri maslahatchisi E.Abdualimov tanlov boshida so‘z olib, ko‘rik-tanlovning ahamiyatiga to‘xtaldi va ishtirok etayotgan barcha jamoalarga zafarlar tiladi. Ushbu tanlovda jami 9 ta jamoa qatnashgan bo‘lsa, shular qatorida Samarqand davlat veterinariya meditsinasi, chorvachilik va biotexnologiyalar universiteti Nukus filiali “Veterinariya meditsinasi va farmakologiyasi" va "Zooinjeneriya" kafedrasining o‘qituvchilari va yosh doktorantlari o‘zlarining “Veterinariyada fitoterapiyani joriy etish, o‘simliklardan veterinariyada qo‘llash uchun biologik qo‘shimchalar ishlab chiqarish” mavzusida innovatsion loyihalari bilan ishtirok etishdi. Qishloq xoʻjaligi vazirligi tizimidagi Oliy ta'lim muassasalarining bir-biridan kuchli jamoalari o‘zaro bellashdilar va tadbir davomida qishloq xo‘jaligi hamda veterinariya va chorvachilik sohasi bo‘yicha ilg‘or g‘oyalarni ilgari surishdi. Tanlov yakunida g‘olib jamoalar taqdirlanishdi. Filialning “Qoraqalpoq ziyoli yoshlari” jamoasining tatbiq etgan innovatsion loyihasi “Eng yaxshi ixtiro” nominatsiyasiga loyiq deb topildi va diplom bilan taqdirlanishdi. —Ushbu tanlovda yangi g‘oyalar va ilg‘or texnologiyalarning amaliyotdagi qo‘llanilishiga bo‘lgan qiziqishim yanada ortib, o‘zim kabi yosh tadqiqotchilarning yaratilayotgan innovatsion loyihalarga bo‘lgan ishtiyoqi va shijoati meni hayajonlantirdi —deydi “Veterinariya meditsinasi va farmakologiyasi” kafedrasining o‘qituvchisi A.Kamalova—ishtirokchilar o‘z sohasidagi muammolarga yangicha, innovatsion yechimlar taklif qilishga harakat qilishdi. Biz ham jamoaviy tarzda kreativ va yangi g‘oyalarni ilgari surishga intildik va natija yomon bo‘lmadi. O‘z o‘rnida “Qoraqalpoq ziyoli yoshlari” jamoasini muborakbod etamiz va tanlovdagi faol ishtiroki uchun minnatdorchilik bildiramiz!