O‘zbekiston Respublikasi Davlat bayrog‘i qabul qilingan kun munosabati bilan tadbir bo‘lib o‘tdi
2024-yil 18-noyabr kuni Samarqand davlat veterinariya meditsinasi, chorvachilik va biotexnologiyalar universiteti Nukus filiali tomonidan – "Oʻzbekiston Respublikasi Davlat bayrogʻi haqida"gi qonun qabul qilinganiga 33 yil to‘lishi munosabati bilan tadbir tashkil etildi.
Ushbu tadbirda filial rahbariyati, Berdaq nomidagi Qoraqalpoq davlat universiteti yuridika fakultetining magistranti P.Shernazarov, filial professor-o‘qituvchilari va talaba-yoshlar qatnashdi. Filial direktori A.Esimbetov tadbirni kirish so‘zi bilan ochib berib, bayram munosabati bilan barchani samimiy qutlab o‘tdi.
Tadbir davomida Davlat bayrog‘ining ramziy ma'nosi, uning mustahkamligi va tinchlikparvar va barqaror rivojlanish yo‘lida tutgan o‘rni alohida ta'kidlandi. Shuningdek, bayroqning tarixiy ahamiyati, uning qabul qilinishining muhimligi va bugungi farovon turmushimizda tutgan o‘rni haqida so‘z yuritildi
Shuningdek, filial talabalariga davlat bayrog‘ining ramziy ahamiyatini yodda tutish, uni asrab-avaylash va milliy qadriyatlarni hurmat qilish zarur ekanligi tushuntirildi. Shu tariqa, O‘zbekiston Respublikasining Davlat bayrog‘i qabul qilingan sanani nishonlash, talabalar va o‘qituvchilar orasida milliy g‘urur va vatanparvarlik tuyg‘ularini oshirishga xizmat qilgan mazmunli tadbir bo‘ldi.
Bayrog‘imizni ulug‘lash orqali xalqimizning birlik, tinchlik va barqaror rivojlanish yo‘lidagi yutuqlarini e'tirof etish va yoshlarimiz qalbida Ona vatanimizga bo‘lgan mehr-muhabbat tuyg‘ularini yanada kuchaytirishga imkon yaratiladi. Bayroq yurtimizning chinakam ma'naviy kuchini va milliy maqsadlarimizni aks ettiruvchi kuchli ramzi hisoblanadi. Talaba-yoshlarga tadbir davomida shu kabi keng tushunchalar berib o‘tildi.
скачать dle 12.1