Soha bo‘yicha dolzarb muammolar: Innovatsion yondashuvlar, barqaror rivojlanish va amaliy yechimlar
Joriy yilning 15-noyabr kuni Samarqand davlat veterinariya meditsinasi, chorvachilik va biotexnologiyalar universiteti Nukus filialida "Veterinariya meditsinasi va chorvachilikdagi dolzarb muammolar va ularning yechimlari" mavzusida xalqaro ilmiy va ilmiy texnik anjumani o‘tkazildi. Filial direktori. Professor A.Esimbetov anjumanni kirish so‘zi bilan ochib berdi. Online va offline tarzda o‘tkazilgan anjumanda Iroq, Rossiya, Belarusiya, Qozog‘iston va Qirg‘iziston kabi davlatlarning oliy o‘quv yurtlari va ilmiy- o‘tadqiqot instituti olimlari, O‘zbekiston Respublikasi Veterinariya va chorvachilikni rivojlantirish qo‘mitasi rahbariyati, yurtimizdagi ilmiy-tadqiqot ishlari bilan shug‘ullanayotgan professor-o‘qituvchilar hamda yosh olimlar ishtirok etishdi.
Qariyb 10 ga yaqin mamlakatlardan 30 dan ortiq olimlarni jalb etgan ushbu anjuman filialning veterinariya va chorvachilik sohasi bo‘yicha yetuk kadrlar tayyorlashda zamonaviy ta'lim va soha bo‘yicha ilmiy-tadqiqotlar uchun muhim markazlardan biri ekanligini isbotlaydi. Bugungi kunda jahonda jadal rivojlanib borayotgan veterinariya va chorvachilik sohasiga qiziquvchan dunyoning turli nuqtalaridagi tadqiqotchilar va yosh olimlar, amaliyotchilarni birlashtirishga qaratilgan anjumanning asosiy maqsadi: – Mamlakatimizda chorvachilik va veterinariya tibbiyotining dolzarb muammolarini muhokama qilish, bu sohadagi innovatsion yondashuvlarni joriy etish va mavjud qiyinchiliklarni hal qilishga yo‘naltirilgan amaliy yechimlarni taklif qilish, chorvachilik sohasida olib borilayotgan islohotlarning iqtisodiy samaradorligini yanada oshirish yo‘llarini muhokama qilish, hayvonlar sog‘lig‘iga tahdid soladigan kasalliklar, oziqlantirishdagi xatoliklar va ekologik muammolarni tahlil qilish, soha bo‘yicha ilmiy va innovatsion faoliyat bilan shug‘ullanayotgan tadqiqotchi olimlar, veterinariya mutaxassislari va fermerlar o‘rtasida samarali hamkorlik o‘rnatish, mavjud muammolarni ijobiy tomondan hal etish.
Tadbir davomida ishtirokchilar veterinariya sohasidagi yangi ilmiy yutuqlar, chorvachilikda yuzaga kelayotgan muammolar va ularning oldini olish bo‘yicha ilg‘or tajribalarni o‘rganadilar. Ushbu anjumanda yurtimizning turli nuqtlaridan 100 dan ziyod tadqiqotchi olimlar, professor-o‘qituvchilar o‘zlarining dolzarb ilmiy maqolalari va tezislari bilan qatnashdi. Shular qatorida «Veterinariya meditsinasi va farmakologiyasi» kafedrasi o‘qituvchisi yosh tadqiqotchi J.Rejepbaev ham o‘zining «Buzoqdagi raxit kasallik tarixi, belgilari va davolash» mavzusidagi maqolasi bilan faol ishtirok etdi. – Buzoqdagi raxitning dolzarbligi shundaki, u chorvachilikda mahsuldorlikni to‘sqinlik qiladi. Hayvonlarning o‘sishi sekinlashadi, ularning suyaklari yumshab, deformatsiyalanadi, bu esa uning foydalanishga yaroqliligini pasaytiradi–deydi J. Rejepbaev – Shu sababli, bu kasallikni oldini olish va davolash choralariga e'tibor berish nafaqat hayvonlarning salomatligini, balki chorvachilik sohasining barqarorligini ta'minlash uchun zarurdir. Anjuman davomida yosh tadqiqotchi J.Rejepbaevga Veterinariya fanlari bo‘yicha falsafa doktori (PhD) diplomi topshirildi. Anujamnga onlayn tarzda ishtirok etgan
Akademik D.N. Pryanishnikov nomidagi Perm davlat agotexnologiyalar universiteti xalqaro aloqalar va ilmiy-innovasion ishlari bo‘yicha prorektori, q.x.f.n., dosent, E.Akmanaev bugungi tashkil etilgan anjuman nafaqat filialning xalqaro miqyosdagi nufuzini oshirish, balki mintaqadagi soha bo‘yicha ta'lim yutuqlarini ko‘rsatib berishga va yanada rivojlantirishga xizmat qilishini ta'kidladi.
– Filial tomonidan o‘tkazilgan anjuman veterinariya va chorvachilik sohasida yangi ilmiy yutuqlarni joriy etish, dolzarb masalalarni yechish va zamonaviy texnologiyalarni keng qo‘llash uchun imkoniyat yaratadi–deydi anjuman ishtirokchisi Qirg‘iziston Respublikasining Osh Davlat universitetining qishloq xo‘jaligi fanlari doktori, professor A.Abdurasulov–shuningdek, veterinariya va chorvachilik sohasida hamkorlikni yanada rivojlantirish va ilmiy tajribalarni almashish uchun katta maydon bo‘lib xizmat qiladi. Anjumanda veterinariya tibbiyoti faqat hayvonlar salomatligini saqlash bilan cheklanmasligi, shuningdek, inson salomatligiga bevosita ta’sir ko‘rsatadigan soha ekanligi hayvonlardan yuqadigan kasalliklarning oldini olish ham muhim rol o‘ynashi alohida ta'kidlab o‘tildi. Bugungi bo‘lib o‘tgan xalqaro ilmiy va ilmiy texnik anjumani mamlakatimizda qishloq xo‘'jaligi va chorvachilikni yayanada rivojlantirishga qaratilgan muhim bir qadam bo‘lib, sohaning ilmiy va amaliy jihatlarini yangi bosqichga olib chiqishga xizmat qiladi.
скачать dle 12.1