«Yashil makon» aksiyasi doirasida tadbirlar davom etmoqda
Joriy yilning 10-noyabr kunidan boshlab Nukus shahri hududida “Yashil makon” aksiyasi tadbirlarga start berildi. Ushbu tadbirni Qoraqalpog‘iston Respublikasi Jo‘qorg‘i Kengesining Raisi Amanbay Orinbaev kirish so‘zi bilan ochib berib, barchani ushbu ezgu tashabbusni qo‘llab-quvvatlagan holda aksiyada faol ishtirok etishga chaqirdi. Tadbir davomida yoshu qari, ayolu erkak, barcha tashkilot xodimlari, oliy o‘quv yurtlari qatnashib, yangi umidlar bilan bilan daraxt ko‘chatlarini o‘tqazishdi. Samarqand davlat veterinariya meditsinasi, chorvachilik va biotexnologiyalar universiteti Nukus filiali rahbariyati, professor-o‘qituvchilari hamda talaba-yoshlari ham “Yashil makon” aksiyasida faol ishtirok etishib, ushbu hududning yanada go‘zal va ekologik toza bo‘lishiga o‘z hissalarini qo‘shdilar.
— “Yashil makon” aksiyasi doirasida amalga oshirilib kelinayotgan tadbirlar yashab turgan shahrimiz yoki mahallamizning ekologik muhitni yaxshilashga, talaba-yoshlar orasida tabiatimizga ijobiy munosabatni shakllantirishda muhim ahamiyat kasb etadi deb o‘ylayman—deydi Veterinariya va zooinjeneriya fakulteti dekani A.Kaniyazov.
Filial jamoasi va tadaba-yoshlari ezgu maqsadda tashkil etilgan «Yashil makon» aksiyasida manzarali va mevali daraxt ko‘chatlarini ekib, o‘zlarining yaxshi tilaklarini bildirishdi. Ishtirokchilarning kayfiyatini ko‘tarish va ularga yanada shijoat bag‘ishlash maqsadida bir guruh ko‘ngilli talaba-yoshlar tomonidan gitarada jonli qo‘shiqlar ijro etildi.
скачать dle 12.1